Home / FOTO LAVHALAR / TURKIYADAGI MASHGʻULOTLARDA BILIMLAR MUSTAHKAMLANMOQDA

TURKIYADAGI MASHGʻULOTLARDA BILIMLAR MUSTAHKAMLANMOQDA

Turkiya Respublikasidagi Islom tafakkuri institutida malaka oshirayotgan oʻzbekistonlik tadqiqotchilar uchun oʻtgan hafta qizgʻin mashgʻulotlarga boy boʻldi. Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlari uchun har kuni ertalab asosiy mashgʻulotlar avvalida ustoz Yusuf al Qurayshiy arab tili amaliyoti boʻyicha mahorat darsini oʻtab kelmoqda.

Kunlik mashgʻulotlar davomida esa Doktor Akram Kelesh usulul-fiqh fani yuzasidan qiziqarli maʼruza qildi.

Shuningdek, malaka oshirish kursi ishtirokchilari doktor Shaban Ali Doʻzgunning “Moturidiylik taʼlimotning ahamiyati” va doktor Ahmad Yildirimning “Tasavvuf tamoyillarida hadisning oʻrni” mavzularidagi maʼruzalarini tingladilar.

Bundan tashqari professor Mustafo Bedir ishtirokida “Buxoro Hanafiylari tarixi” mavzusida ilmiy suhbat boʻlib oʻtdi.

Tadqiqotchilarimizning malaka oshirish dasturi davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tadqiqotini kutayotgan qoʻlyozmalar bisyor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …