Home / FOTO LAVHALAR / TADQIQOTCHILARIMIZ ANQARADA XOJI BAYRAM VALI UNIVЕRSITЕTIDA BOʻLISHDI

TADQIQOTCHILARIMIZ ANQARADA XOJI BAYRAM VALI UNIVЕRSITЕTIDA BOʻLISHDI

Avval xabar qilganimizdek, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bir guruh ilmiy xodimlari ayni kunlarda Turkiyada malaka oshirish dasturida ishtirok etishmoqda.

Kuni kecha tadqiqotchilar Anqaradagi Xoji Bayram Vali universiteti Islom ilmlari fakultetida boʻlishib, fakultet dekani, professor, doktor Xasan Ayik bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida mehmonlarga fakultetda olib borilayotgan ilmiy ishlar salmogʻi, yoʻnalishlari hamda taʼlim jarayonlari haqida maʼlumotlar berildi.

Yurtimiz tadqiqotchilari oʻz navbatida mamlakatimizda ilmiy faoliyat va diniy maʼrifat sohalariga qaratilayotgan eʼtibor hamda olib borilayotgan islohotlar samaralari xususida soʻzlab berishdi.

Doktor Hasan Ayik Oʻzbekistonda dunyo tamadduniga benazir hissa qoʻshgan, jahon tarixi taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan, islom ilmlari rivojida munosib oʻrin tutgan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy nomlariga atab xalqaro ilmiy-tadqiqotlar markazlari barpo etilishida hikmat borligini alohida eʼtirof etdi va “Mazkur allomalar nomi hamda fazli ila yurtingiz albatta taraqqiy topib, barcha sohalarda zafar qozonishiga ishonamiz”, deya taʼkidladi.

Tadqiqotchilarimizning malaka oshirish dasturi davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz olimi – yirik anjumanda

Bugun, 24-aprel kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi …