Home / YANGILIKLAR / OʻZIMIZNI ISLOH QILISH UCHUN “TAʼVILOT AL-QURʼON”GA JUDA MUHTOJMIZ!

OʻZIMIZNI ISLOH QILISH UCHUN “TAʼVILOT AL-QURʼON”GA JUDA MUHTOJMIZ!

📝 YUSUF SHAVQIY – Marmara universiteti professori, “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining turk tiliga tarjimoni (Turkiya):

“Taʼvilot al-Qurʼon” asari kishini chuqur mushohada yuritishga undaydi. Bugungi kunda biz, yaʼni, islom ummati qoʻlimizda shunday bir kitob boʻla turib taqlid yoʻliga oʻtib ketdik. Bugun biz oʻzimizni isloh qilish uchun Imom Moturidiy asarlariga, jumladan, “Taʼvilot al-Qurʼon”ga juda muhtojmiz. Chunki, moturidiy­lik taʼlimotida ijtihod masalasi, insonning aqlga tayanishi, tafak­kur yuritishi juda ham muhim hisoblanadi. Taqlid qilish, boshqalarga koʻr-koʻrona ergashish esa keskin qoralanadi. Tafakkur – millat kelajagining asosidir.

Abu Mansur Moturidiyning “TAʼVILOT AL-QURʼON” asari 30-juzi ­oʻzbek tilida nashrdan chiqdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tadqiqotini kutayotgan qoʻlyozmalar bisyor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …