Home / FOTO LAVHALAR / HAMKORLIK SAMARADORLIGI OSHIRILADI

HAMKORLIK SAMARADORLIGI OSHIRILADI

Ayni paytda Oʻzbekistonda boʻlib turgan Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti olimlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov va boshqa ilmiy xodimlar kutib olishdi.

Anqara Yildirim Boyazid universiteti Tarix fakulteti dekani, professor Husayn Chinar, Inson va ijtimoiy fanlar fakulteti professori, temuriylar davri boʻyicha mutaxassis, doktor Muso Shomil Yuksal, universitet huzuridagi Islom ilmlari tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Ali Asqarxon Qosimovlardan iborat Turkiya delegatsiyasi Markaz muzeyi, kutubxonasi va ilmiy xodimlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlar bilan oʻtkazilgan muloqot chogʻida universitet bilan Markaz oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining ayni holati eʼtirof etilib, ilmiy-tadqiqot yoʻnalishidagi qoʻshma loyihalar samaradorligini yanada oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrif soʻngida mehmonlarga Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

 Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz ilmiy xodimlari – “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi”da

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining Qozon shahrida joylashgan Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI …