Home / FOTO LAVHALAR / MILLATLARARO TOTUVLIK – TARAQQIYOT KAFOLATI

MILLATLARARO TOTUVLIK – TARAQQIYOT KAFOLATI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyatida diniy-maʼrifiy sohada faoliyat yuritayotgan jamoatchilik vakillari va madaniy markazlar mutasaddilari ishtirokida “Diniy bagʻrikenglik – jamiyat barqarorligi omilidir” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbir avvalida uning ishtirokchilari – Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi, Samarqand shahar Rus-pravoslav cherkovi, Samarqand Rim-katolik cherkovi, Samarqand shahar Rus, Tatar-boshqird, Polyak milliy madaniyat markazlari, Yahudiylar jamoasi vakillari va boshqa konfessiyalar aʼzolari Markaz muzeyi bilan yaqindan tanishib, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy faoliyati haqida qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar yurtimizda dinlararo bagʻrikenglikni taʼminlash, uning qonuniy asoslarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlamini qayd etdilar. Ayniqsa turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga qaratilayotgan eʼtibor hamda vijdon erkinligi va diniy-maʼrifiy muhit barqarorligini mustahkamlashga oid olib borilayotgan islohotlar alohida eʼtirof etildi. Keyingi yillarda diniy bagʻrikenglikni, konfessiyalararo munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash borasida qilinayotgan saʼy-harakatlar mamlakatimiz izchil taraqqiyotining kafili boʻlib xizmat qilmoqda.

Tadbirga kutilmaganda yuqori martabali mehmon kirib keldi. Bu haqda navbatdagi xabarda batafsil maʼlumot beriladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari boshlandi

Oʻtayotgan haftada Samarqand viloyatidagi mahalla va taʼlim muassasalarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida keng …