Home / YANGILIKLAR / MARKAZ OLIMI YIRIK ANJUMANDA

MARKAZ OLIMI YIRIK ANJUMANDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Turayev Baxtiyor Omanovich poytaxtimizda Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi hamda Konrad Adenauer fondining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Sivilizatsiyalararo muloqot – xalq diplomatiyasining muhim omili” mavzusida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi.

Olim seminarning “Globallashuv davrida madaniyatlararo muloqot” nomli shoʻba yigʻilishida “Sivilizatsiyalararo muloqotning falsafiy-sinergetik mohiyati” mavzusida maʼruza qildi.

Seminarda oʻqilgan maʼruzalar yuzasidan savol-javoblar hamda qizgʻin munozaralar boʻlib oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Alisher Navoiy merosi – maʼnaviy va maʼrifiy yuksalish manbai

Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bagʻishlab 8-9-fevral kunlari Navoiy viloyatida ilmu fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat namoyandalari, …