Home / FOTO LAVHALAR / Xayrli ishlar bardavom boʻladi

Xayrli ishlar bardavom boʻladi

Ayni kunlarda mamlakatimizda boʻlib turgan Turkiyaning Diyonat ishlari boshqarmasi, Diyonat vaqfi va Anadolu axborot agentliklari hamda Germaniyaning Diyonat ishlari Turk-islom birligi tashkiloti vakillaridan iborat delegatsiya Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Markazga tashrif buyurdi.

Xorijlik mehmonlar direktor Shovosil Ziyodov boshchiligida ilmiy xodimlar tomonidan kutib olindi va markaz binosi boʻylab tur tashkil etildi. Mehmonlar dastlab Imom Buxoriy hayoti va faoliyatiga doir muzey va tarixiy eksponatlar bilan tanishtirildi. Delegatsiya aʼzolari qoʻlyozmalar hamda kutubxona fondida saqlanayotgan kitoblar bilan qiziqib, ilmiy tadqiqot bilan shugʻullanish uchun markazda yaratilgan qulay shart-sharoitlarni alohida taʼkilab oʻtdilar.

Shuningdek, muloqot chogʻida muassasalar oʻrtasida oʻrnatilgan hamkorlik aloqalarining ayni paytdagi holati hamda istiqbollari ham muhokama etildi. Jumladan, tomonlar oʻtgan davr davomida tashkilotlar oʻrtasida  oʻzaro ilmiy nashrlar almashinuvi borasida qilingan amaliy tadbirlar samaradorligini alohida qayd etib, yaqin kelajakda bu kabi xayrli ishlar davomiyligini taʼminlashga kelishib oldilar.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …