Home / YANGILIKLAR / Diqqat, EʼLON!!!

Diqqat, EʼLON!!!

Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi allomalarimiz asarlaridagi hikmatli oʻgitlar hamda ular qoldirgan boy maʼnaviy merosni keng jamoatchilikka targʻib qilish maqsadida “Musnadi Keshiy”dan durdona hadislar” turkumidan islom ilm-fani taraqqiyotiga, ayniqsa, Movarounnahr hadis ilmi rivojiga oʻzining muhim asarlari, shogirdlari bilan ulkan hissa qoʻshgan buyuk muhaddis Abd ibn Humayd ibn Nasr Keshiy qalamiga mansub “Musnadi Keshiy” asarida xalqchil tarzda zikr etilgan odob-axloq, yaxshilik qilish va sabrli boʻlishga oid hadislar namunalarini taqdim etib boradi.

Buyuk ajdodimizning nodir asarida 150 nafar mashhur sahobadan keltirilgan sahih hadislardan bahramand boʻling!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Qoʻlyozmalar tadqiqi sohasiga oid xalqaro seminar boshlandi

Bugun, 1-may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi …