Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZ HAMKORLARI KOʻPAYMOQDA

MARKAZ HAMKORLARI KOʻPAYMOQDA

24 fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Toshkentda oʻz faoliyatini boshlagan Al-Buxoriy universiteti rahbariyati vakillari, taʼsischi Nozimjon Mamataxunov hamda universitet rektori Muzaffar Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov kutib olib, Markaz faoliyati, kutubxona va muzey bilan tanishtirdi.

      

Tashrif davomida Markaz va Universitet oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga koʻra universitetning professor-oʻqituvchilari hamda talabalarning markaz bilan hamkorlikdagi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, oʻzaro tajriba almashish, professorlar va yosh izlanuvchilarning faoliyatini rivojlantirishda hamkorlik qilish, ilmiy seminarlar oʻtkazish va maqolalar chop etish, qoʻlga kiritilgan ilmiy yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish tajribasi kabi qator dolzarb masalalar boʻyicha hamkorlik olib boriladi.

Tashrif yakunida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan nashr etilgan kitoblar universitet kutubxonasiga hadya qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Buyuk sarkarda, adolat va ulugʻvorlik timsoli”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir …