Home / YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida oʻtkazilayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan onlayn seminarlarning navbatdagisiga taklif etamiz.

Bu galgi seminarda Fransiya milliy tadqiqotlar markazi huzuridagi Sharq va Gʻarb arxeologiyasi va filologiyasi qoʻshma tadqiqotlar boʻlimi tadqiqotchisi, Oʻzbekiston va Fransiya olimlarining Samarqandga qoʻshma ekspeditsiyasi aʼzosi, tarix fanlari nomzodi Karev Yuriy Viktorovichning “AMUDARYONING BU TOMONI: XALIFALIKNING SHARQIY HUDUDLARIDAGI MOVAROUNNAHR (VII-IX ASRLAR)” mavzuidagi maʼruzasi tinglanadi.

Onlayn seminar 2022 yil 22 fevralda, Toshkent vaqti bilan soat 17.00 da boʻlib oʻtadi.

ZOOM videokonferensiya dasturi boʻyicha ulanish manzili:

👉https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Seminar identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Qirgʻizistonlik olimlar tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qirgʻiziston islom universitetining bir guruh olimlari tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz …