Home / MAQOLALAR / SOXTA SALAFIY BILAN BAHS

SOXTA SALAFIY BILAN BAHS

Hozirda soxta salafiylar kalom ilmini mutlaqo qoralab, ahli sunna imomi boʻlmish Imom Moturidiy (r.a)ni “kalomchi” “mutakallim” laqablari bilan masxara qilishmoqda. Aslida oʻzlari koʻp suyanadigan Ibn Taymiyaning kitoblarida ham kalom va mantiq ilmi qoidalaridan koʻp foydalanilganini kuzatish mumkin. Albatta har ikki olim ham kalom ilmi orqali botil firqalarga raddiya berish uchun unumli foydalanganlar. Lekin bir narsa Ibn Taymiyaga kelganda maqtovli, Imom Moturidiyga kelganda esa qoralanishi adolatdan emas. Buni soxta salafiy bilan boʻlgan quyidagi bahsda ham kuzatish mumkin:    

– (Salafiy:) Kalom ilmi bidʼat, u bilan shugʻullanilmaydi.
– (Hanafiy:) Ibn Taymiyya shugʻullangan-ku?!
– U botil aqidani isbotlash uchun majbur boʻlgan.
– Imom Moturidiy-chi?!
– Imom Moturidiy naqlni isbotlash uchun aqlni ishlatgan, bu bidʼat, naql aqlga muhtoj emas.
– Ibn Taymiyya ham bu ishni qilgan-ku?!
– U botil aqidani rad qilish uchun majbur boʻlgan.
– Imom Moturidiy-chi?
– Imom Moturidiy falsafani oʻrganib kalom ilmiga kirgan. Bizga falsafa kerak emas.
– Ibn Taymiyya ham shu ishni qilgan-ku?!
– Ibn Taymiyya falsafachilarga raddiya berish uchun bu ishni qilgan!
– Imom Moturidiy ham shuning uchun qilgan-ku?
– Imom Moturidiy Allohning sakkizta sifatini keltiradi faqat. Qolganini nega aytmaydi, tan olmaydimi?
– Ibn Taymiyya ham “Aqidatul vasitiyya” kitobida faqat shu sifatlarni keltiradi-ku?!
– Ibn Taymiyya moʻtazilaga qarshi, sifatlarni isbot qilish uchun keltirgan, faqat.
– Imom Moturidiy-chi, shuning uchun keltirganku?!
– Imom Moturidiy aqidada jism, araz kabi soʻzlarni ishlatgan, bunaqa soʻzlar Qurʼonda yoʻq.
– Ibn Taymiyya soʻzlarning shakliga emas mohiyati qaraymiz degan-ku?! Alloh jism desa ham hatto, shakliga emas, nimani qasd qilganiga qaraymiz, degan-ku?!
– Ibn Taymiyya aqliy dalilni ishlatmaslikni isbotlab bergan!
– Naql bilanmi?!
– Yoʻq, aql bilan isbotlab bergan!
🙄
– Imom Moturidiy…
– Toʻxtang, oʻzi Imom Moturidiyning kitoblarini oʻqiganmisiz?
– Yoʻq.
– Ibn Taymiyyaning kitoblarini oʻqiganmisiz?
– Yoʻq.
– Nega gapiryapsiz unda?
– Bidʼat, bidʼat, bidʼat, sizlar tushunmaysizlar bidʼat bu …

——

Imomlarimizni va ulamolarimizdan Alloh rozi boʻlsin. Ularni bizga notoʻgʻri koʻrsatayotgan fitnakorlarga Alloh kifoya. Va albatta Alloh moʻminlarning valiysidir.

Check Also

“TELEFONning 60 ta ODOBI”

 Odobning asli – oʻzini nuqsonli, boshqani – komil koʻrmoqlikdir.   Odobi kam boʻlgan – oʻzini …