Home / FOTO LAVHALAR / BUTUNJAHON MUSULMON ULAMOLARI UYUSHMASI AʼZOLARI – MARKAZ MЕHMONI

BUTUNJAHON MUSULMON ULAMOLARI UYUSHMASI AʼZOLARI – MARKAZ MЕHMONI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Avstraliya Fatvo kengashining Bosh kotibi, doktor Shayx Salim Alvon al-Husayniy hamda Kaliforniyadagi Anaxeyn islom markazi doktori Shayx Bilol al-Halloq tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastavval Markaz muzeyi va eksponatlar bilan tanishib, buyuk muhaddis olim siyrati va Imom Buxoriy qoldirgan boy maʼnaviy merosning umumbashariy miqyosdagi nodir qiymati hamda bugungi zamonaviylashgan dunyodagi yuksak ahamiyatini alohida eʼtirof etishdi.

Tashrif davomida Butunjahon musulmon ulamolari uyushmasi aʼzolariga Markazda ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar hamda erishilayotgan natijalar xususida maʼlumotlar berildi.

Yakunda mehmonlar Markazning kitob jamgʻarmasiga Imom Buxoriyning “Al-Adab al-Mufrad” hamda “Al-Qiroatu xalfal imom” kitoblarini hadya qilishdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Mashgʻulotlar amaliyot bilan bogʻlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻtgan davr mobaynida qator xalqaro nufuzli tashkilot va ilmiy …