Home / YANGILIKLAR / “MOTURIDIYLIK TAʼLIMOTI VA HOZIRGI ZAMON” MAVZUSIDA II XALQARO ONLAYN ILMIY-AMALIY SIMPOZIUM AXBOROT XATI

“MOTURIDIYLIK TAʼLIMOTI VA HOZIRGI ZAMON” MAVZUSIDA II XALQARO ONLAYN ILMIY-AMALIY SIMPOZIUM AXBOROT XATI

Hurmatli olimlar va mutaxassislar!

Sizlarni  2022 yil may oyida boʻlib oʻtadigan “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzuidagi II xalqaro onlayn ilmiy-amaliy simpoziumda ishtirok etish uchun taklif etamiz.

Simpoziumda islomshunoslik va moturidiyshunoslik sohalariga oid keng qamrovli masalalar muhokama qilinadi. Simpoziumning asosiy yoʻnalishlari:

  1. Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosi;
  2. moturidiylik taʼlimoti va tarixi;
  3. moturidiylik taʼlimotining bugungi kundagi ahamiyati;
  4. zamonaviy islomshunoslik masalalari;
  5. bugungi kunda moturidiylik taʼlimotining oʻrganilishi;
  6. moʻtadil islom taʼlimotini targʻib qilish.

Simpoziumda ishtirok etish uchun xalqaro miqyosdagi olimlar, mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrlar va talabalar murojaat qilishlari mumkin.

Simpozium uchun maqolala oʻzbek, arab, ingliz, turk, rus, nemis, fransuz, fors va urdu tillarida qabul qilinadi.

Simpozium natijalari ilmiy toʻplam shaklida nashr qilinadi.

Simpoziumda ishtirok etishni istaganlar 2022 yil 28 fevral sanasiga qadar quyida koʻrsatilgan manzillarga maqola annotatsiyasini topshirishlari talab qilinadi.

Annotatsiya talablari:

  1. Annotatsiya matni MS Office dasturida, Times New Roman shrifti, 14 kegel kattaligi, 1,5 intervalda boʻlishi va 250 belgidan kam boʻlmasligi lozim.
  2. Annotatsiya matni tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qogʻozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., oʻngdan 1,5 sm. joy qoldirib, elektron tarzda topshiriladi.
  3. Maʼruzachining ismi familiyasi, ilmiy daraja va unvoni (oʻng yuqori burchak, kursivda, 10 kegel kattaligidagi shrift, 1 interval), tashkilot va shahar nomi, muloqot telefonlari joy kodi bilan hamda elektron pochta manzili (ikkinchi qatorda) koʻrsatiladi.
  4. Fayl nomi muallif yoki birinchi muallifning familiyasi (hammuallif boʻlganida) bilan nomlanishi lozim.

 

Telefon: (71) 244-35-26, (71) 244-35-18;
Telegram: +998 99 803 31 41;
e-mail: info@maturidi.uz;
WhatsApp: +998 91 172 76 77   

Check Also

OKSFORDDAGI OʻZBEKISTONGA OID XAZINALAR

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Buyuk Britaniyada boʻlib oʻtayotgan haq …