Home / XALQARO YANGILIKLAR / Markaz olimi maqolasi yirik toʻplamdan joy oldi

Markaz olimi maqolasi yirik toʻplamdan joy oldi

2021 yilning 7-9 oktyabr kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida Qirgʻiz-Turk Manas universitetining 25 yilligiga bagʻishlab “Xalqaro oila va qadriyatlar” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro simpozium maʼruzalar toʻplamida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori O.Muhammadiyevning “Islom dinida tenglik masalasi” nomli maqolasi eʼlon qilindi.

Maqolada “tenglik” va “sheriklik” tushunchalarining shariatda ifodalanishi, jumladan oiladagi tenglik hisobini aniqlashda sharʼiy yondoshuvlar, shuningdek, oila qurishning nozik jihatlari atroflicha yoritilgan. Muallif er va xotin oʻrtasidagi tengsizlik masalalariga hamda boshqa dinga mansub ayollarga uylanish taomillariga ham alohida eʼtibor qaratgan.

Nisbiy tushuncha sifatida qabul qilingan tenglikni sifatlay turib, “Haqiqiy ustunlik ijtimoiy holat, erkak yoki ayol boʻlishda emas, balki taqvoda”, deyiladi maqolada.

Jami 560 betdan iborat toʻplamdan simpoziumda ishtirok etgan Turkiya, Oʻzbekiston, Misr, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, AQSH, Germaniya olimlarining 70 ga yaqin maqolasi oʻrin olgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbot xizmati

Check Also

Tavsiyalar amaliyotda qoʻllanadi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining …