Home / YANGILIKLAR / Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga matbuot kotibi tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga matbuot kotibi tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Mamatov Sherzod Mavlanovich Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Mamatov 1981 yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tugʻilgan. 2005 yilda Samarqand Davlat universitetining ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida “Samarqand-STV” televizion ijodiy uyushmasi muxbiri, Oʻzbekiston nodavlat telekompaniyalar teletarmogʻi koʻrsatuvlari muallifi, “Kamolot” YOIH Samarqand viloyat Kengashi qoshidagi Yoshlar ijtimoiy xizmat markazining Yoshlar ommaviy axborot vositalari markazi rahbari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Samarqand viloyat hududiy boʻlinmasi ommaviy axborot vositalari faoliyatini liberallashtirish va demokratlashtirishni monitoring qilish guruhi yetakchi mutaxassisi, hududiy boʻlinma rahbari oʻrinbosari vazifalarida, shuningdek, boshqa davlat va jamoat tashkilotlarida ish yuritgan.
Lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …