Home / YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Sizni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi va Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot mar­kazi ilmiy xodimlarining Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan asarlari­ga bagʻishlangan 15 nomdagi kitob­lar taqdimoti hamda “AJDODLAR MЕROSINING BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDAGI OʻRNI” mavzusida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirga taklif etamiz.

Tadbir 2021 yil 22 dekabr kuni soat 11.00 da Oʻzbekiston jurnalis­tika va ommaviy kommunikatsiya­lar universitetida boshlanadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Yassaviya tariqati va maʼnaviy meros: Tarix, tadqiqot va istiqbol

11-iyun kuni Toshkentda “Turk dunyosi va Piri Turkiston: Yassaviy yoʻli va merosi” mavzusida xalqaro ilmiy …