Home / MAQOLALAR / “Omin”ni maxfiy aytmoq sunnatligi va buning dalillari

“Omin”ni maxfiy aytmoq sunnatligi va buning dalillari

Qiroʼati jahriy namozlarda imom “Fotiha” surasini qib boʻlgach, “Omin” lafzi qay tarzda aytiladiMaxfiymi yo jahriymiImom va qavm birga aytadimiyoki imomning oʻzigina aytadimiyoki imom qolib qavmning oʻzi aytadimi?

Yuqoridagi savollarning javobi aksariyat uchun qiziq boʻlsa kerak. Chunki ayni shu mavzuda namozxonlarimiz orasida ixtiloflar uchrab turadi. Baʼzi birodarlarimiz “Omin”ni jaranglatib aytishni xush koʻradi. Lekin atrofidagi namozxonlardan istihola qilib oʻzlari istamagan holda ichlarida aytishadi va oʻz eʼtiqodlariga koʻra, bir sunnatga amal qila olmayotganlari uchun vijdonlari qiynalib yuradi. Oʻzlari yolgʻiz namoz oʻqiganlarida esa baland ovozda “Omin” deb xumorlaridan chiqib oladilar.

Boshqa bir guruh namozxonlarimiz esa “Omin”ni jahriy aytadiganlarni qattiq yomon koʻradi va bu nafrat boshqalardan oʻtib ularning oʻzlariga ham salbiy taʼsir qilgan. Natijada ular umuman “Omin”ni aytmaydigan boʻlib ketishgan.

Aslida sunnatga muvofiq hukm qanday oʻzi? Keling, shu mavzuni qisqa va loʻnda tarzda oʻrganib chiqamiz:

Hanafiy mazhabi faqihlari, Sufyoni Savriy va Lays ibn Saʼd rahimahulloh hammalari “Imom “Fotiha” surasini oʻqib boʻlgandan keyin uning oʻzi va ortidagi qavmi “Omin” deb aytadi”, degan.

Imom Molik rahimahulloh esa: “Imom “Omin” demaydi balki, qavm aytadi xolos. Agar yolgʻiz namoz oʻqiguvchi boʻlsa, u ham aytadi”, degan (Imom TahoviyMuxtasaru ixtilaf ilulama. 1  J. 202  B).

Demak molikiylardan boʻlak mazhablarga koʻra, ittofaqan “Fotiha” surasining oxirida imom va qavm “Omin” deb aytadi.

Lekin, hanafiylar va shofeʼiylar orasida “Omin” lafzini maxfiy aytish sunnatmi, yo jahriy aytishmi? Shu masalada ham ixtilof bor.

Imom Shofeʼiy rahimahulloh: “Jahriy aytish sunnat”, degan.

Hanafiy mazhabi fuqaholari esa: “Omin lafzini maxfiy aytish sunnat” degan.

Baʼzi namozxon birodarlarimiz shu ixtilofda imom Shofeʼiy mazhabini ustun koʻrib, “Omin”ni jahriy aytadi va bu masalada hanafiylarning yoʻli sunnatga xilof, deydi. Aslida esa bunday emas. Hanafiy mazhabi fuqaholarining (Ulardan Alloh rozi boʻlsin!) “Omin lafzini ichida maxfiy aytish – sunnat” degan gaplari bejizga aytilmagan. Ularning bu fatvosiga albatta, dalillari bor:

Birinchidan, Alloh taolo shunday buyruq beradi:

ادْعُواْ رَبَّكُمْ تَضَرُّعاً وَخُفْيَةً

“Robbingizga tazarruʼ ila va maxfiy duo qiling”(Aʼrof surasi 55).

Oyati karimada Alloh umumiy tarzda duoni maxfiy qilishga amr qilmoqda. “Fotiha” surasining soʻnggi qismi duo, uning oxirida “Omin” deb aytish ham “Ey Rabbim, ijobat ayla” maʼnosini anglatuvchi duodir. Alloh duoni maxfiy qilishga buyurdimi, demak namozda ham, tashqarida ham duo maxfiy boʻlishi kerak.

Ikkinchidan, Abu Muso Ashʼariy roziyallohu anhu rivoyat qiladi, Nabiy sollallohu alayhi va sallam bir qavmning oldidan oʻtib qoldilar. Ular ovozlarini koʻtarib duo qilishayotgan edi. Shunda Rasululloh ularga: “Sizlar kar yoki oyibdagi Zotga duo qilmayapsizSiz duo qilayotgan Zot sizlarga qon tomiringizdan ham yaqinroq Zotdir!”, dedilar. (Sahihi Buxoriy 4/145, 275. Musannafi Abdurrazzoq 5/159, 160).

Hadisdan koʻrinib turibdiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duoda ovozini koʻtarganlarga eʼtiroz bildirganlar. Bu esa duoning maxfiy boʻlishi sunnatga muvofiqligini anglatadi.

Uchinchidan, Aʼmash rahimahulloh Abu Solihdan rivoyat qiladi, u dedi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Imom “oyrilmadubi ʼalayhim va laddooolliiyyn” deganda sizlar jim turinglar!”. (Sunani Doraqutniy 1/331).

Toʻrtinchidan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Imom “va lad-dooolliiyyn” deganda sizlar “Omin” denglar. Chunki uni imom aytadi”. (Sahihi Buxoriy 1/142, Sahihi Muslim 1/174, 175. Musnadi Ahmad 2/233, 270. MujtabaNasaiy 2/144. Musannafi Abdurrazzoq 2/97).

Bu ikki rivoyatga koʻra esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday taʼlim beryaptilarki, namozda “Fotiha”ning oxirida imom “Omin” deydi. Buni qavm eshitmagani uchun Rasululloh alohida urgʻu berib sahobalarga bu haqda uqtirib qoʻymoqdalar. Va yana ularni ovoz chiqarib “Omin” demasliklari uchun, sizlar jim turinglar, deb ogohlantirib qoʻymoqdalar. Bularni bari imom va qavm ichlarida maxfiy qilib “Omin” deyishlari sunnatligini anglatadi!

Beshinchidan, “Omin” lafzi Qurʼondan emas (Qurʼondan boʻlganida, “Fotiha” yo zam sura kabi jahriy ovozni koʻtarib qiroat qilingan boʻlardi), balki namozdagi sunnat zikrlardan biri. Xuddi sano va taʼavvuz kabi. Sunnat zikrlar esa qoidaga koʻra maxfiy qilinadi. Shunday ekan, “Omin” ham maxfiy aytilsa sunnatga muvofiq boʻladi!

Botirjon TOJIBOYEV,
Toshkent islom instituti
Maxsus sirtqi boʻlim bitiruvchisi 

Check Also

MAVLONO MUHAMMAD QOZINING “SILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN” ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY GʻOYALAR

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida dunyoga mashhur allomalarimiz maʼnaviy merosini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Biz …