Home / YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz.

Bu galgi seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Milliy arxeologiya markazi Samarqanl filiali ilmiy xodimi Dr. Anvar Ataxodjayevning “Markaziy Osiyoning numizmatik maʼlumotlar asosida shakllangan VIII-X asrlardagi siyosiy tarixi” mavzuidagi maʼruzasi tinglanadi.

Onlayn seminar 2021 yil 14 dekabrda, Toshkent vaqti bilan soat 17.00 da boʻlib oʻtadi.

ZOOM videokonferensiya dasturi boʻyicha ulanish manzili:

👉https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Seminar identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …