Home / FOTO LAVHALAR / Checheniston Respublikasi Muftiysi rahbarligidagi delegatsiya Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mehmon boʻldi

Checheniston Respublikasi Muftiysi rahbarligidagi delegatsiya Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mehmon boʻldi

Shu kunlarda mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Checheniston Respublikasi Muftiysi, davlat rahbari maslahatchisi, “Checheniston Respublikasi musulmonlari boshqarmasi” markazlashgan diniy tashkiloti raisi Saloh hoji Mejiyev boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 2 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov hamrohlik qilayotgan delegatsiya aʼzolarini Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib oldi.

Yuqori martabali mehmonlar tashrif avvalida Markaz muzeyi faoliyati, undagi eksponatlar va noyob qoʻlyozma nusxalari bilan tanishishdi.

Tashrif davomida mehmonlar Markazda ilmiy faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar hamda kutubxonadagi kitob jamgʻarmasini koʻzdan kechirdilar.

Yakunda delegatsiya rahbari Saloh hoji Mejiyev Markaz rasmiy sayti uchun maxsus intervyu berdi va Markazning faxriy mehmonlar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

 

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …