Home / YANGILIKLAR / Xabar

Xabar

24 -25 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Rossiya – Islom olami” strategik qarashlar guruhi (SQG) ning ikkinchi yillik yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

“Muloqot va hamkorlik ufqlari” shiori ostida boʻlib oʻtgan sammit ishida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Sh.Minovarov ishtirok etdi hamda maʼruza qildi.

Sh.Minovarov sammit tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirgan holda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda davlat rahbari boshchiligida diniy – maʼrifiy sohada olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xususan, buyuk ajdodlarmiz merosini tadqiq qilish maqsadida ilmiy-tadqiqot markazlari va oʻquv yurtlarining tashkil etilganligi, maʼrifiy islom mohiyatini yanada chuqurroq anglashga qaratilgan ijobiy sayʼ – harakatlar haqida soʻz yuritdi.

Shuningdek, markaz rahbari Oʻzbekiston ushbu yoʻnalishda barcha xalqaro turdosh tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanligini bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida: “Rossiya – Islom olami” strategik qarashlar guruhi 2006 yilda tashkil etilgan boʻlib, hozirgi kunda unga 28 ta musulmon davlatlaridan 60 ga yaqin jamoat va hukumat faollari aʼzo hisoblanadi. Hozirda mazkur guruhga Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov boshchilik qilmoqda.

matbuot xizmati

Check Also

Tasavvuf – yirik ijtimoiy voqelik sifatida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …