Home / FOTO LAVHALAR / “TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARINING OʻZBЕK TILIDAGI TAQDIMOTI QORAQALPOGʻISTONDA

“TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARINING OʻZBЕK TILIDAGI TAQDIMOTI QORAQALPOGʻISTONDA

Respublikamizning boshqa viloyatlarida boʻlgani kabi buyuk alloma Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan 30-juzi taqdimoti tadbiri Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham boʻlib oʻtdi.

Tadbir Imom Eshon Muhammad masjidi negizida joylashgan respublika qoziyoti faollar zalida tashkil etildi.  Respublikadagi eng yirik hisoblangan va bugungi kunda bir paytda 4 ming nafar namozxonga xizmat koʻrsatadigan Imom Eshon Muhammad masjidi 2017 yilda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qayta qurilgan boʻlib, Nukusning eng soʻlim maskanlaridan biriga aylangan.

Taqdimotda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti vakillari va faol imom xatiblar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida nutq soʻzlagan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari R.Safarboyev va Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti qozisi Sh.Bauaddinovlar respublikamizda vijdon va eʼtiqod erkinligini taʼminlash, islomiy ilmlarni mufassal oʻrganish va islomning sof aqidalarini keng targʻib qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini alohida eʼtirof etishib, bu islohotlar zamirida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijasi oʻlaroq, buyuk allomalarimiz asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilinishi qoraqalpoq elining ham diniy maʼrifatini yuksaltirishga va botil gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetini shakllantirishga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Asosiy maʼruzachilar asarning yaralganidan boshlab tarixning barcha bosqichlarida aqidaviy zarbalarga munosib qarshi tura oladigan hamda dinimizning maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatini yaqqol namoyon qilishga qodir jihatlariga ega nodir qiymatini alohida qayd etdilar.

Taqdimotda soʻzga chiqqanlar ajdodlarimiz qoldirgan bu kabi boy maʼnaviy xazinaga nisbatan xalqimizda boqiy ehtiyoj mavjudligidan kelib chiqib, mazkur tarjima ishini yirik ilmiy muvafaqqiyat sifatida eʼtirof etishdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …