Home / YANGILIKLAR / “Al-Azhar ovozi” oʻzbek olimining maqolasini eʼlon qildi

“Al-Azhar ovozi” oʻzbek olimining maqolasini eʼlon qildi

Imom Moturidiy qalamiga mansub “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinishi Misrdagi yirik vaqtli matbuot nashrlaridan biri eʼtiborini tortdi.

Misr Arab Respublikasidagi Al-Azhar universitetining “Al-Azhar ovozi” gazetasi 2021 yil 3 noyabrda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari O.Muhammadiyevning “Taʼvilot al-Qurʼon” asari boʻyicha yana bir muhim tadqiqot” nomli maqolasini eʼlon qildi.

“Al-Azhar ovozi” gazetasi islom olamining nufuzli nashrlaridan biri boʻlib, unga Misr Arab Respublikasi bosh imomi, “Al-Azhar” diniy majmuasi rahbari, doktor Shayx Ahmad Muhammad Toyyib homiylik qiladi.

Misrning sobiq bosh imomi, marhum Muhammad Sayyid Tantoviy tomonidan asos solingan gazeta 1999 yilning oktyabr oyidan buyon nashr etib kelinmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Qirgʻizistonlik olimlar tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qirgʻiziston islom universitetining bir guruh olimlari tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz …