Home / FOTO LAVHALAR / Markaz rahbari Turkiyaning yana bir yirik oliy oʻquv yurti mehmoni

Markaz rahbari Turkiyaning yana bir yirik oliy oʻquv yurti mehmoni

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov Turkiya safari davomida Denizli shahridagi Pamukkale universitetiga tashrif buyurdi.

1992 yilda asos solingan Pamukalle universiteti mamlakatning yirik davlat oliy oʻquv yurtlaridan biri boʻlib, unda har yili 34 mingga yaqin talabaga 2000 nafardan ziyod oliy toifali oʻqituvchilar taʼlim beradi. Hozirda universitet Turkiya universitetlari orasida TOP-20 mutlaq yetakchilar qatoriga kiradi. Shuningdek, universitet jahon darajasidagi eng yaxshilarning TOP-5 foiziga kiritilgan.

Mamlakatimizning Turkiya safaridagi delegatsiya aʼzosi Sh.Ziyodov tashrif avvalida mazkur universitet rektori doktor Ahmad Qutlixon bilan uchrashdi. Uchrashuvda har ikki ilm dargohlarining yuksak ilmiy salohiyati  yuqori baholanib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Konstruktiv muloqotdan soʻng mehmon Oʻzbekiston nomidan universitetga esdalik sovgʻalarini taqdim etdi.

Tashrif mazkur universitetning Islom ilmlari institutida davom etdi. Institutda oʻzaro hamkorlikning yoʻnalishlari, istiqbollari va amalga oshirish mexanizmlari kelishib olindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tasavvuf – yirik ijtimoiy voqelik sifatida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …