Home / FOTO LAVHALAR / Delegatsiyamiz aʼzolari Turkiya millat kutubxonasida boʻlishdi

Delegatsiyamiz aʼzolari Turkiya millat kutubxonasida boʻlishdi

Turkiya safarining dastlabki kuni yakunida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari Turkiya millat kutubxonasiga ham tashrif buyurib, u yerdagi nodir qoʻlyozmalar, qadimiy hamda zamonaviy manbalar bilan yaqindan tanishdilar.

Eʼtiborli jihati shundaki, mazkur kutubxonada Oʻzbekiston burchagi ham tashkil qilingan boʻlib, unda mamlakatimizda chop etilgan adabiyotlar hamda davlatimiz haqidagi nashrlar oʻrin olgan.

Delegatsiya vakillari ikki Markaz tomonidan nashr qilingan bir nechta kitoblarni, xususan, Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining oʻzbek tiliga tarjima qilingan 30-juzini hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov nomidan ushbu akademiya tomonidan nashr etilgan “Islom ensiklopediyasi” kitobini mazkur kutubxonaga taqdim qildilar.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari boshlandi

Oʻtayotgan haftada Samarqand viloyatidagi mahalla va taʼlim muassasalarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida keng …