Home / FOTO LAVHALAR / Islom tafakkuri instituti Turkiya safarining navbatdagi manzili boʻldi

Islom tafakkuri instituti Turkiya safarining navbatdagi manzili boʻldi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillaridan iborat delegatsiya tashrifning birinchi kunida Islom tafakkuri institutiga ham bordi.

  

Delegatsiya aʼzolari institut rahbari professor Mehmet Gyormez bilan uchrashib, oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Muloqot chogʻida erishilgan kelishuvlar hamda bildirilgan amaliy takliflar asosida Turkiyaning Islom tafakkuri instituti va Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid anglashuv memorandumi imzolandi.

Tashrif soʻnggida mehmonlar institut jamoasiga esdalik sovgʻalarini taqdim etdilar.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Yangi loyiha boshlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) …