Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari Anqara universiteti Ilohiyot fakultetiga ham tashrif buyurib, fakultet dekani professor Shamil Dagʻji bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti oʻtkazildi. Taqdimotda Anqara universiteti Ilohiyot fakulteti talabalari ham ishtirok etdilar.
Delegatsiya vakillari markazlar faoliyati, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi allomalarning hayoti va ilmiy merosi yuzasidan talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdilar.