Home / XALQARO YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz.

Bu galgi seminarda Blumingtondagi Indiana universiteti (AQSH) Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari kafedrasi professori Devin Devizning “Najmiddin Kubro va uning “Riyozul avliyo”dagi merosi: Kubroviya silsilasiga XVI asrdagi Markaziy Osiyo nuqtai nazaridan tarixiy nigoh” mavzuidagi maʼruzasi tinglanadi.

Onlayn seminar 2021 yil 2 noyabrda, Toshkent vaqti bilan soat 17.00 da boʻlib oʻtadi.

Seminarda ZOOM videokonferensiya dasturi orqali ishtirok etish mumkin.

ZOOM videokonferensiya dasturi boʻyicha ulanish manzili:

👉https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Seminar identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …