Home / YANGILIKLAR / Qutlov!

Qutlov!

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik ayyomi arafasida Prezidentimiz tomonidan barcha jabhadagi yurtdoshlarimiz qatori Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 5 nafar ilmiy xodimlari ham “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur ragʻbat markazimiz xodimlari zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklab, ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish va dinimiz taraqqiyoti hamda ajdodlarimiz merosini kengroq targʻib etish yoʻlida bor kuch-gʻayrat bilan mehnat qilishga turtki boʻladi.

Mukofotlanganlarni chin dildan muborakbod etib, ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Yutuqlar bardavom boʻlsin!

Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari Buxoro viloyatida oʻtdi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda. Oʻtayotgan …