Home / YANGILIKLAR / Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo kutubxonalari tarixi

Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo kutubxonalari tarixi

Xabar berilganidekbugun, 29 aprel kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent Sh.Ziyodov  Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi Yosh olimlar kengashi tomonidan tashkil qilingan ilmiy anjumanda ishtirok etib, “Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo kutubxonalari tarixi” mavzuida maʼruza qildi.

ZOOM videokonferensiya dasturi orqali oʻtkazilgan ilmiy anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari, Islom akademiyasi qoshidagi Yosh olimlar kengashi aʼzolari va talaba yoshlar ishtirok etdi.

Olim maʼruza davomida Buxorodagi ilk kutubxonalar,  Xoja Muhammad Porso kutubxonasiga oid yangi maʼlumotlar, Joʻybor xojalarining Govkushon kutubxonasiga vaqf qilgan kitoblari, Buxoro qozikalonlarining sulolaviy kutubxonalariga doir maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi.

– Oʻzbekiston qoʻlyozma fondlarida saqlanayotgan qoʻlyozma asarlarning ayrimlarini kelib chiqish tarixi shu vaqtgacha bir necha muhim savollar bilan javobsiz qolib kelmoqda. Bugun yurtimizda ilmiy tadqiqot ishlariga boʻlgan eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Tadqiqotlar uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Endilikda ushbu masalalarni yechimini topish, mavzu yuzasidan izlanishlar olib borib natijasini ilm ahliga yetkazish muhim ahamiyatga ega, – dedi Sh.Ziyodov.

Seminar soʻngida ishtirokchilarning mavzuga doir savollariga olim tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekistondagi islohotlar samarasi Britaniya jamoatchiligiga tadqim etildi

Xabar qilinganidek, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari …