Home / MAQOLALAR / Odamlar bor – odamlarning naqshidur, odamlar bor – hayvon undan yaxshidur

Odamlar bor – odamlarning naqshidur, odamlar bor – hayvon undan yaxshidur

Hayot kontrastlardan iborat. Yorugʻ va qorongʻu, oq va qora, issiq va sovuq, ogʻiru yengil…
Odamlar ham kontrast yaratilgan. Oqil va johil, saxovatli va baxil, odil va zolim, imonli va imonsiz…
Quyida mana shu taʼkidga tarixdan ikki kichik misol keltirilmoqda.

Biz bilmagan Kolumb

Xristofor Kolumb juda pastkash, razil odam boʻlgan ekan. Masalan, u borgan joyida tub aholiga mansub ayollar va qizlarni jinsiy qullikka sotish “biznesi” bilan shugʻullanib, katta davlat orttirgan. Kolumb “tirik tovar”ga aylantirgan qizlarning ayrimlari 9 yoshda boʻlgan.

Shuningdek, boʻsh vaqtlari Xristofor oʻzini ov bilan mashgʻul qilgan ekan. Boshqa jentlmenlardan farqi shuki, hayvon yo qush ovlashni oʻziga ep koʻrmas, mahalliy aholi vakillarining ketidan tusharkan. Eng jirkanch tomoni shuki, baʼzan bunday “oʻlja” uydagi zotdor itlar uchun taom oʻrnida ham qoʻllanilgan. Shunday vaziyatlar ham boʻlganki, ayrim paytlarda itlar ota-onaning koʻzi oldida bolasining goʻshtini yegan ekan.

Hayotini saqlab qolishni uch marta rad etgan kishi

 Ishonish qiyin, lekin polyak pedagogi, adibi va shifokori Yanush Korchak shunday qilgan.

Dastlab Polshani natsistlar bosib olishi arafasida emigratsiya qilishdan bosh tortgan. Shifokorga muhtoj shuncha odam qolayotgan Vatanini tark etishga koʻnmagan.

Keyinroq Varshavadagi gettodan qochish imkoniyatidan voz kechgan. Yana odamlarni yolgʻiz tashlab ketgisi kelmagan.

Uchinchisi juda ham ayanchlidir. “Yetimlar uyi”dagi yashovchilar qatli om sari yoʻl oladigan poyezdga chiqarilayotganda, Korchakning oldida SS ofitseri keladi va ular oʻrtasida quyidagicha qisqa suhbat boʻlib oʻtadi:

– “Qirol Matiush”ni siz yozgansiz-a? Bolaligimda bu kitobni oʻqiganman. Juda yaxshi asar. Siz ozodsiz, istagan joyingizga ketavering.

– Bolalar-chi?

– Bolalar poyezdga chiqadi. Vagonni faqat siz tark etishingiz mumkin.

– Xato qilyapsiz. Tark etishim mumkin emas. Odamlarning hammasi ham yaramas, vahshiy boʻlmaydi.

Bir necha kundan keyin Yanush Korchak Treblinka konslagerida bolalar bilan birga gaz kamerasiga yoʻl olar ekan, hech narsadan bexabar maʼsum murgʻaklarning ikkitasini qoʻliga koʻtarib oladi va ularga ertak aytib beradi.

 Muzayyana MASHRABXON

Check Also

OʻZBEKISTONDA DINIY-MAʼRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: “VAQF” XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA

Maʼlumki, xayriya va homiylik qadriyatlari Oʻzbekiston tarixining turli davrlarida turli koʻrinishlarda aks etib, har xil …