Home / XALQARO YANGILIKLAR / Markaz tadqiqotchilari xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi

Markaz tadqiqotchilari xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi

8-9 aprel kunlari Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi, Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Xalqaro islom akademiyasi va Malayziyaning Kebaksan universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti hamkorligida “Islom sivilizatsiyasining buyuk allomalari” mavzuida xalqaro qoʻshma onlayn konferensiya boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Oʻzbekiston, Malayziya va boshqa xorijiy mamlakatlarning ilmiy doiralari vakillari, taniqli olimlar ishtirok etdi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan 4 nafari mazkur onlayn anjumanda ishtirok etib, maʼruza qildi.

Xususan, 8 aprel kuni Markaz direktori, Sh.Ziyodov “Movoraunnahrda kutubxonachilik tarixi”, direktor oʻrinbosari O. Muhammadiyev “Alouddin Usmandiy Samarqandiy hayoti va ilmiy merosi”, direktor bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor B.Toʻrayev “Xorazmiy va Beruniy xayoti va ilmiy-maʼnaviy merosi” haqida maʼruza qilgan boʻlsa, 9 aprel kuni Markaz ilmiy tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi M.Amonov “XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda naqshbandiya-mujaddidiya tariqatiga oid manbalar” mavzuini yoritib berdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …