Home / Imom Buxoriy hadislari / Rasuli akram moʻjizalari “Sahihul Buxoriy”da…

Rasuli akram moʻjizalari “Sahihul Buxoriy”da…

Tushda ayon boʻlgan bashorat

(IV) 2624. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Tushimda odamlarning bir tepalikka toʻplanib turganini koʻrdim. Abu Bakr turib, bir-ikki chelak suv tortib oldi. Bir tortib olishida zaiflik boʻldi. Alloh uni kechirsin. Keyin uni Umar olgan edi, uning qoʻlida katta paqirga aylandi. Men odamlar orasida uningdek oʻz ishiga usta, mohirini koʻrmaganman”.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu bilan kelajakda boʻladigan muhim voqealarni bayon qilmoqdalar.

Jumladan, Abu Bakr roziyallohu anhuning xalifaligi oz muddat boʻlishi, bu davrda fathlar ham kam boʻlishini aytmoqdalar. Biroq bu Abu Bakr roziyallohu anhuning fazilatiga putur yetkazmaydi.

Shuningdek, Nabiy alayhissalom Umar roziyallohu anhuning xalifalik davri uzoq davom etishi va unda koʻp fathlar boʻlishi, musulmonlarning ishlari avj olishini aytib, u kishining nihoyat darajada oʻz ishiga mohir, nodir qobiliyat sohibi ekanini taʼkidlamoqdalar.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Manba: OʻzA

Check Also

AYYOM FAZILATI: Yetimning kafili

Sahl ibn Saʼd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Men va yetimning kafili …