Home / YANGILIKLAR / Ajdodlarimizning xorijdagi yozma meroslariga oid kitobning taqdimoti oʻtkazildi

Ajdodlarimizning xorijdagi yozma meroslariga oid kitobning taqdimoti oʻtkazildi

Joriy yil 24 mart kuni Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tomonidan nashr etilgan “Oʻzbekistonga oid xorijdagi qoʻlyozma asarlar reyestri. Tom 1.” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Markaz matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur kitob muassasaning ilk ilmiy mahsuli hisoblanib, unda ajdodlarimizning xorijiy mamlakatlardagi yozma merosiga oid maʼlumotlar 496 sahifada jamlangan.

Madaniyat vazirligining majlislar zalida oʻtkazilgan taqdimot tadbirida yurtimizdagi sohaga aloqadar ilmiy muassasalar rahbarlari, oliy oʻquv yurti professorlari ishtirok etgan.

Tadbirda xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov va direktorning bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor B.Toʻrayev ishtirok etib, Markaz tomonidan olib borilayotgan ishlar, xususan alloma ajdodlarimiz ilmiy-maʼnaviy merosini tarjima va tadqiq qilish, kitoob holida nashr etish yoʻnalishida erishilayotgan yutuqlar haqida maʼlumot berishdi.

Tadbirda shuningdek, yurtimizdagi turdosh tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlar yuzasidan fikr-mulohazalar yuritilib, oʻzaro maʼlumotlar almashilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …