Home / 2023 / Oktabr

Monthly Archives: Oktabr 2023

YURTIMIZNING ZIYORAT TURIZMI SALOHIYATI MISRDA EʼTIROF ETILDI

Misrning Daralmaref.com (“Dorul maorif”) axborot saytida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi boshligʻi Tohir Evadullayev intervyusi asosida tayyorlangan “Oʻzbekiston 2025 yilda Samarqandda muhtasham Imom Buxoriy majmuasi ochilishiga hozirlik koʻrmoqda” sarlavhasi ostida maqola chop etildi. Markaz axborot xizmatining maʼlum qilishicha, maqolada Xoʻja Ismoil shaharchasida olib borilayotgan …

Batafsil

OGOHLIK — BUGUNGI KUN TALABI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlarining Qashqadaryo viloyatidagi targʻibot missiyasi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining neft va gaz fakultetida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bilan davom etdi. Unda ilmiy xodimlar Sh.Umarov, B.Mahmudov, S.Abduvoitov talaba-yoshlarni bugungi globallashuv sharoitida uchrayotgan turli koʻrinishdagi axborot xurujlaridan ogoh etib, ulardan saqlanish choralari haqida …

Batafsil

MARKAZ VAKILLARI – TURKIYADA OʻTKAZILGAN ANJUMANDA

Avval xabar berilganidek, Turkiyaning Denizli shahrida Pamukkale universitetining Islom ilmlari instituti, Turkiyadagi Gaye Vakfi jamgʻarmasi hamda Qirgʻizistonning Oʻsh davlat universiteti hamkorligida II Xalqaro Saraxsiy konferensiyasi oʻtkazildi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazidan Otabek Muhammadiyev “Imom Saraxsiy boʻyicha Oʻzbekistonda olib borilayotgan tadqiqotlar” va Mehrojiddin Amonov “Oʻzbekistonda saqlanayotgan Imom Saraxsiyning “Mabsut” asariga …

Batafsil

QASHQADARYODA TARGʻIBOT TADBIRLARI BOSHLANDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari va oʻrta-maxsus islom bilim yurtlarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlarini boshladi. 30 oktabr kuni targʻibotchilar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talaba-yoshlari bilan uchrashuvda yigʻilganlarni yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati bilan tanishtirib, buyuk ajdodlarimizning boy …

Batafsil

HAR BIR TALQIN ILMIY ASOSGA EGA BOʻLISHI KЕRAK

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Misrdagi Al-Azhar universiteti hamkorligida “Hadislar notoʻgʻri talqin qilinishining oldini olishda Al-Azhar ulamolari yondashuvi” mavzusida onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, ikki mamlakat oliy taʼlim va ilmiy muassasalari tadqiqotchilari, olimlar ishtirok etdi. Seminarda Al-Azhar universiteti professori dr. Hasan Al-Qasabiy maʼruza qildi. Olim “Nabaviy …

Batafsil

USTOZNING SHOGIRDIGA DЕGANLARI

Oʻn beshinchi dars. Muruvvatlik, xushxulqlik va olijanoblik. Ey oʻgʻlim! Muruvvati kam, himmati va qadri past, oilasi va qarindoshlari orasida hurmatsiz, tahqirlansa boʻyin egadigan, kamsitilsa oʻzini himoya qilish oʻrniga qoʻrqoqlik qiladigan kishida yaxshilik yoʻq. Bunday insonlar diniy ilmlar tolibi nomi bilan sharaflanishga munosib emas va shariat ilmlarini ololmaydilar. Ey oʻgʻlim! Muruvvatingni …

Batafsil

OTA-ONAGA YAXSHILIK QILISH

Alloh taolo insonga ota-onasi bilan yaxshi munosabatda boʻlishni va doimo ularga muruvvat koʻrsatishni buyurgan. Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilish haqida bir nechta oyatlarni nozil qilgan: ﴿وَقَضَى رَبُّكَ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا إِيَّاهُ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ أَحَدُهُمَا أَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُلْ لَهُمَا أُفٍّ وَلَا تَنْهَرْهُمَا وَقُلْ لَهُمَا قَوْلًا كَرِيمًا﴾ …

Batafsil

TURKIYADA NUFUZLI ANJUMAN BOSHLANDI

 Turkiyaning Denizli shahrida Pamukkale universitetining Islom ilmlari instituti, Turkiyadagi “GAYE VAKFI” jamgʻarmasi hamda Qirgʻizistonning Oʻsh davlat universiteti hamkorligida “II Xalqaro Saraxsiy konferensiyasi” boshlandi. Uning ochilish marosimida universitet rektori, professor doktor Ahmad Qutlixon, Turkiya diyonat ishlari vaziri, muftiy Ali Erbosh, madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy soʻzga chiqdi. Konferensiyada 15 …

Batafsil

HAMKORLIKNI KUCHAYTIRISH MASALASI – KUN TARTIBIDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev va boʻlim boshligʻi Mexrojiddin Amonov Turkiya Respublikasi Denizli shahrida boʻlib, Pamukkale universiteti rektori, professor doktor Ahmad Qutlixon boshchiligidagi taʼlim muassasasi rahbariyati bilan uchrashdi. Markaz bilan universitet oʻrtasida 2022 yil 29 avgustda oʻzaro hamkorlikka oid imzolangan memorandum asosida qator qoʻshma tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. …

Batafsil

ISLOM HAMJIHATLIK VA AHILLIKKA CHORLAYDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Musulmon jamiyatlarida tinchlikni qoʻllab-quvvatlash forumi bilan hamkorlikda “Islom dinida tinchlik” nomli risolani nashrga tayyorlashdi. Kitob Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xulosasiga binoan, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Tinchlik forumi raisi, yetuk ulamo Abdulloh bin Bayya tahriri ostida chop etilgan “Tinchlik” …

Batafsil