1355. Tamim Doriydan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Banda hisob-kitob qilinadigan amallarning eng avvalgisi namozdir. Agar u namozini toʻliq holda topsa, toʻliq holda yozib qoʻyiladi. Agar unda nuqson boʻlsa, Alloh taolo farishtalariga: “Qarab koʻring! Bandamning nafl namozlari bormi? Bor boʻlsa, farz namozlaridagi nuqsonlarini ular bilan toʻldirib qoʻying”, deydi. Soʻng zakot va boshqa amallar ham shu tarzda (hisob-kitob qilinadi)”, dedilar”.
Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz






