
285. Tovusdan rivoyat qilinadi:
“Ey Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam! Eng ilmli inson kim?” deb soʻraldi. U zot: “Oʻz ilmiga qoʻshib, insonlarning ilmini ham egallagan kishi va ilmga chanqoq barcha tolibi ilm”, dedilar”.
Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz






