289. Makhul soʻzlab berdi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ilmli kishining ibodatli kishidan afzalligi mening orangizdagi eng quyi darajadagi kishidan afzalligim kabidir”, dedilar. Soʻng: “Bandalari orasida ulamolargina Allohdan qoʻrqurlar”(Fotir surasi, 28-oyat) oyatini tilovat qildilar-da, “Albatta, Alloh taolo, farishtalar, osmonlar va Yer ahli hamda dengizdagi baliqlar odamlarga yaxshilikni oʻrgatadigan kishiga salavot aytadi”, dedilar”.
Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.