344. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qaysi kishi ilm talab qilgan holda yoʻl yursa, oʻsha ishi sababli Alloh unga jannat yoʻlini yengil qilib qoʻyadi. Amali sustlashtirgan kishini nasabi tezlashtira olmaydi”(Yaʼni, kishining solih amallari boʻlmasa, yuqori nasl-nasabi uni jannatga kirita olmaydi), dedilar”.
Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.