349. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda suhbat qilib oʻtirgan ikki jamoa yonidan oʻtdilar. Soʻng u zot: “Ularning ikkisi ham yaxshilik ustidadir. Lekin ularning biri ikkinchisidan afzalroq. Anavilar Alloh taologa duo qilib, Unga ragʻbat qilmoqda. Xohlasa, ularga (soʻraganlarini) beradi, xohlamasa, bermaydi. Ammo anavi davradagilar fiqh va boshqa ilmlarni oʻrganib, ilmsiz odamlarga oʻrgatmoqda. Shuning uchun ular afzalroqdir. Albatta, men oʻrgatuvchi qilib yuborilganman”, dedilar va ular orasiga borib oʻtirdilar”.
Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.