313 ta hayotiy ZIYNAT qoidalarini ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
“INTIZOM – GʻALABANING KALITI”
KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:
“Agar Allohning neʼmatlarini sanasangiz, sanogʻiga yeta olmaysiz. Haqiqatan, Alloh kechirimli va rahmlidir” (Nahl surasi 16/18 oyat).
JANOBI PAYGʻAMBARIMIZ RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM
MEHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:
¯ «Ikki neʼmat borki, koʻpchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. Ular
– sihat-salomatlik – va xotirjamlikdir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);
¯ «Besh narsadan oldin besh narsani gʻanimat biling:
– keksaligingizdan oldin yoshligingizni,
– betobligingizdan oldin salomatligingizni,
– faqirligingizdan oldin boyligingizni,
– bandligingizdan oldin boʻsh vaqtingizni,
– oʻlimingizdan oldin tirikligingizni!» (Imom Hokim rivoyatlari).
“Z I Y N A T” – (bezak, pardoz; bezatish):
1) Zeb, chiroy berish uchun xizmat qiluvchi…; bezak.
2) Husn, koʻrk beruvchi narsa; koʻrk; izzat-hurmat.
(“Oʻzbek tilining izohli lugʻati” 1/234).
Ulugʻ ajdodlarimizdan davom etib kelayotgan duru gavhar rivoyatlari va noyob hikmatlari,
buyuk ota-bobolarimizdan eshitib kelinayotgan tillo bilan teng pand-nasihatlari va betakror hikoyalari,mehribon ota-onalarimizdan oʻrganib kelinayotgan gavhar oʻgitlari va mislsiz soʻzlari, elimiz tanigan va xalqimiz tan olgan ustozlarimizdan taʼlim olib kelinayotgan zar tushunchalari va bebaho ilmlari, jannatmakon yurtimiz – muqaddas Vatanimiz taʼlim maskanlarida taralayotgan durdan aʼlo fanlar va beqiyos bilimlar, bugungi kunda va doim kerak boʻladigan hayotiy masalalar, dolzarb mavzular, qiziqarli maʼlumotlar hamda xalqimiz orasida eʼtirof etilgan mezonlardan
Qurʼoni karim oyati karimalari,
Janobi Paygʻambarimiz alayhissalomning muborak hadisi shariflari,
dinimiz asoslari,
shariatimiz hukmlari,
sharqona odoblarimiz,
mazhabimiz meʼyorlari,
jamiyatshunoslik aloqalari,
odamgarchilik munosabatlari,
insoniy tuygʻular,
ruhshunoslik sir-asrorlari,
yurtimiz urf-odatlari,
oʻzbekchilik qoidalari,
madaniyatimiz axloqlari,
insoniy aql va axloqiy normalar,
dono maqollarimiz,
milliy anʼanalarimiz,
diniy qadriyatlarimiz,
xalqimiz ong-tafakkuri,
millatimiz mentaliteti,
anʼanaviy falsafasi,
oʻzbek xalqining ilgʻor qadriyatlari,
ulugʻlarimiz hikmatlari,
dono xalqimiz dunyoqarashi,
musulmonchiligimiz koʻrsatmalari
asos va negizlarida
ulugʻ ustozlarimiz – tabarruk ulamolarimiz keng, chuqur va unumli istifoda etib, kundalik hayotga doir nihoyatda foydali maslahat, kerakli tavsiya hamda eng muhim odoblaridan namuna shaklida batafsil taqdim etgan.
313 ta hayotiy ZIYNAT qoidalari ni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
Ularning har biri xalqimizning asrlar davomida kundalik hayotlarida shakllangan yetti (7) ta
1) oilaviy,
2) ijtimoiy,
3) maʼnaviy,
4) ilmiy,
5) iqtisodiy,
6) madaniy,
7) psixologik
mavzudagi ENG ASOSIY qadriyatni aks ettirgan HIKMATLARIDIR!
1) Kechaning ziynati – oy.
2) Osmonning ziynati – yulduz.
3) Kunduzning ziynati – quyosh.
4) Osmonning ziynati – bulut.
5) Qishning ziynati – qor.
6) Bahorning ziynati – yomgʻir.
7) Yozning ziynati – meva-cheva.
8) Kuzning ziynati – sovuq.
9) Taomning ziynati – non.
10) Dasturxonning ziynati – ovqat.
11) Shirinliklar ziynati – asal.
12) Ichimliklar ziynati – suv.
13) Rizqning ziynati – qoniqish.
14) Insonning ziynati – aql.
15) Aqlning ziynati – farosat.
16) Bemorning ziynati – sabr.
17) Umrning ziynati – savobli ishlar.
18) Insonparvarlikning ziynati – mehr.
19) Toʻylarning ziynati – yoshi ulugʻlar.
20) Qoʻshnichilik ziynati – taom ulashishlik.
21) Mahallaning ziynati – sokinlik.
22) Xonaning ziynati – saranjomlik.
23) Uyning ziynati – ozodalik.
24) Hovlining ziynati – gul.
25) Qarindoshchilik ziynati – bordi-keldichilik.
26) Quda-andachilik ziynati – mehr-oqibat.
27) Er-xotinlik ziynati – mehr-muhabbat.
28) Oilaning ziynati – ota-ona.
29) Chaqaloqning ziynati – oʻzi.
30) Bolaning ziynati – odob.
31) Yigitlarning ziynati – jasurlik.
32) Qizlarning ziynati – ibo-hayo.
33) Ayolning ziynati – ojizligi.
34) Yaxshi oʻgʻilning ziynati – ota-onaga xizmat.
35) Yaxshi qizning ziynati – oilasiga gap yuqtirmaslik.
36) Urf-odatlarning ziynati – davomiylik.
37) Mehmondoʻstning ziynati – koʻnglikenglik.
38) Munosabatning ziynati – hurmat.
39) Kamtarlikning ziynati – oddiylik.
40) Talabaning ziynati – qiziquvchanlik.
41) Yozuvning ziynati – bexatoligi.
42) Doʻstlikning ziynati – sodiqlik.
43) Kitobning ziynati – mazmuni.
44) Kibrning ziynati – qabr.
45) Oʻlimning ziynati – janoza.
46) Qabristonning ziynati – ekilgan oʻsimliklar.
47) Gapning ziynati – qisqalik.
48) Tabrikning ziynati – samimiylik.
49) Gʻalabaning ziynati – xursandchilik.
50) Gʻolibning ziynati – tirishqoqlik.
51) Libosning ziynati – did.
52) Ulugʻlikning ziynati – oddiylik.
53) Ulugʻlarning ziynati – kamtarlik.
54) Bolalikning ziynati – begʻuborlik.
55) Yoʻlning ziynati – tartib-intizom.
56) Tinchlikning ziynati – xotirjamlik.
57) Xotirjamlikning ziynati – tinchlik.
58) Ishxonaning ziynati – adolatli rahbar.
59) Bozorning ziynati – moʻl-koʻllik.
60) Shaharning ziynati – koʻrkamlik.
61) Qishloqning ziynati – tabiiylik.
62) Saroyning ziynati – shoh.
63) Suhbatning ziynati – dilkashlik.
64) Vatanparvarlikning ziynati – fidoyilik.
65) Ishning ziynati – natija.
66) Qarilikning ziynati – ogʻirlik.
67) Kattalarning ziynati – kichiklarga izzati.
68) Tahoratning ziynati – mukammallik.
69) Azonning ziynati – xush ovoz.
70) Namozning ichki ziynati – hammasini oʻz joyiga qoʻyishlik.
71) Namozning tashqi ziynati – zikr, tilovati Qurʼon, duo.
72) Roʻzaning ziynati – sabr.
73) Umraning ziynati – ado etishlik.
74) Hajning ziynati – oʻzi bajarishlik.
75) Ibodatning ziynati – oʻz vaqtida ado etishlik.
76) Duoning ziynati – chin ixlos.
77) ZIYNATLAR ZIYNATI – ODDIYLIK.
78) Odob – moʻmin-musulmonning ziynati.
79) Ota-onaga ehtirom – aqlli farzandning ziynati.
80) Kattalarga hurmat – dono insonning ziynati.
81) Kichiklarga izzat – ulugʻlarning ziynati.
82) Shirinsoʻzlik – muomalaning ziynati.
83) Kamtarlik – olimning ziynati.
84) Itoatkorlik – yaxshi xodimning ziynati.
85) Duo qilishlik – ibodatning ziynati.
86) Ahil-inoqlik – yaxshi oilaning ziynati.
87) Tabassum – yaxshi kelinning ziynati.
88) Mardlik – yaxshi kuyovning ziynati.
89) Viqorlik – yaxshi erning ziynati.
90) Boʻysunishlik – yaxshi xotinning ziynati.
91) Qatʼiylik – yaxshi erkak kishining ziynati.
92) Hayo-iffat – yaxshi ayol kishining ziynati.
93) Poklik – musulmon ayolining ziynati.
94) Mehribonlik – yaxshi qaynonaning ziynati.
95) Vazminlik – yaxshi qaynotaning ziynati.
96) Halimlik – ilmning ziynati.
97) Xokisorlik – taʼlim oluvchining ziynati.
98) Qoʻliochiqlik – kambagʻalning ziynati.
99) Shukr – neʼmatning ziynati.
100) Xushmuomalalik – jamoatning ziynati.
(Davomi bor…)
Ibrohimjon domla Inomov