488. Abdulloh ibn Dinordan rivoyat qilinadi:
“Umar ibn Abdulaziz Madina ahliga: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini toping va ularni yozib qoʻying. Chunki men ilm ahli vafot etib, ilm yoʻqolib ketishidan qoʻrqaman”, deb maktub yozdi”.
Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.