📢 DIQQAT, E’LON!
✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Gamburg universitetining Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti (Germaniya) hamkorligida “ZARAFSHON VOHASI MADANIY BOYLIKLARI” mavzusi doirasida o‘tkazilayotgan qator ilmiy ma’ruzalarni o‘zida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz.
👤 Bu galgi seminarda Madaniy meros agentligi Yahyo Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Dr. Alisher Sandiboyev “Samarqand – soʻgʻd yozma va kartografik manbalarida” mavzusida ma’ruza qiladi.
🫥 Onlayn seminar 2025-yil 10-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da boshlanadi.
⌨️ Konferensiyada onlayn tarzda quyidagi ZOOM videokonferensiya platformasi orqali ishtirok etish mumkin.
👉https://us06web.zoom.us/j/4469793351?pwd=EuwvBB9p9dol7LZu0BFdR8JiZH8bQC.1&omn=83160585094
Seminar identifikatori: 446 979 3351
Parol: 12345