MASHINA HAYDOVCHISINING 66 ta ODOBIni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
MUTAXASSISLAR STATISTIKASI MAʼLUMOTLARI:
Dunyo boʻyicha har kuni 3 mingdan ziyod inson yoʻl-transport hodisasi qurboniga aylanmoqda.
Dunyo boʻyicha har kuni 100 mingdan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olmoqda.
Respublikamiz hududida har yili oʻrtacha 9-10 mingta yoʻl-transport hodisasi roʻy beradi.
Ularning 2 mingdan ortigʻi odamlar qurbon boʻlishiga olib kelmoqda.
Yurtimizda 2023-yilda yoʻl-transport hodisalari sababli 2282 kishi vafot etgan.
Yoʻl harakati hodisalarining tahlillari boʻyicha 54,5 % hodisalar piyodalar bilan bogʻliq holda sodir etilmoqda.
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI (BMT) maʼlumotlariga koʻra:
Har yili dunyoda yoʻl-transport hodisalari oqibatida 1,35 million kishi halok boʻladi, yaʼni har 24 soniyada bir kishi halok boʻladi.
Bunga yana 20-50 million atrofidagi odam tan jarohati olishi, baʼzilari umrbod nogiron boʻlib qolishi ham qoʻshilsa, falokat koʻlami yanada kengayadi.
Bunday baxtsiz hodisalar 5 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻlimining asosiy sababidir.
Jabrlanuvchilarning aksariyatini piyodalar, mototsikl va velosiped haydovchilari tashkil etadi.
Yoʻl-transport hodisalarida halok boʻlganlar yoki jarohatlanganlar soni butun dunyo boʻylab, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda koʻpayishda davom etayotganidan xavotir bildirib, 26.10.2005-yilda BMT Bosh Assambleyasi A/RES/60/5 – Qarori bilan noyabr oyining uchinchi yakshanbasini “Butunjahon yoʻl-transport hodisalari qurbonlarini xotirlash kuni” deb eʼlon qilish taklifini qabul qildi.
Har yili 15-may – BMT Bosh Assambleyasining buyrugʻiga binoan “Yoʻl harakati xavfsizligi global haftaligi” oʻtkaziladi.
BMT Bosh Assambleyasi “2021-2030-yillarda yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha harakatlar 10-yilligi”ni eʼlon qilib,
– yoʻl-transport hodisalarida oʻlim va jarohatlarni oldini olish;
– 10-yil mobaynida kamida 50 % ga kamaytirish;
– 2030-yilga kelib yoʻl-transport hodisalaridan oʻlim va jarohatlarning kamida 50 foizini oldini olish
ga qaratilgan ulkan maqsadlar bilan
2020-yil sentyabr oyida «Butun dunyoda yoʻl harakati xavfsizligini yaxshilash» nomli A/RES/74/299 – Rezolyutsiyasini qabul qildi.
KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA ALLOH TAOLO MARHAMAT QILADI:
“Yer yuzida kibrlanib yurma! Chunki sen oyoqlaring bilan zinhor yerni tesha olmaysan va uzunlikda togʻlarga yeta olmaysan” (Isro surasi 17/37 oyat);
“Alloh nazdida eng azizu mukarramrogʻingiz – taqvodorrogʻingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir” (Hujurot surasi 49/13 oyat);
“Ey, moʻminlar! Qachonki, sizlarga yigʻilishlarda: «davrani kengaytiringiz!” – deyilsa, bas, kengaytiringiz, Alloh sizlarga ham kerak paytida keng joy berur. Yana qachonki, “turingiz!” – deyilsa, darhol turingiz! Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja martabalarga koʻtarur. Alloh qilayotgan barcha yaxshi va yomon amallaringizdan xabardordir» (Mujodala surasi 58/11 oyat);
“Kimki bir savobli ish qilsa, unga oʻn barobar koʻpaytirib yozilur. Kimki bir yomon (gunoh ish) qilsa, faqat oʻsha gunoh miqdorida (bir gunohga yarasha) jazolanur. Ularga nohaqlik qilinmagay” (Anʼom surasi 6/160 oyat).
JANOBI PAYGʻAMBARIMIZ RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM MEHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:
¯ “Bir kishi yoʻlda ketayotib, tikanli butoqni koʻrsa va uni chetga olib tashlasa, Alloh uni bu ishi uchun mukofotlab, gunohlarini kechiradi” (Imom Buxoriy rivoyati);
¯ “Yarimta xurmo bilan boʻlsa ham oʻzingizni doʻzaxdan saqlang! Agar kimki buni topolmasa – shirin soʻz bilan!”;
¯ “Haq boʻla turib, janjalni tark etgan kishiga Jannat yonidagi bir uyga kafilman! Hazildan boʻlsa ham, yolgʻonni tark etgan kishiga Jannat oʻrtasidagi bir uyga kafilman! Goʻzal xulqli kishiga Jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman!” (Imom Abu Dovud rivoyati);
¯ “Odamlarning yaxshisi – kishilarga manfaati koʻp tekkanidir”;
¯ “Yoʻlning haqqi – koʻzni tiyish, aziyat bermaslik, salomga alik olish, yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish” (Muttafaqun alayh);
¯ “Moʻminlarning imoni eng mukammali – xulqi goʻzal boʻlganlaridir” (Imom Termiziy rivoyati);
¯ “Yer yuzidagilarga rahm qiling, osmondagi Zot sizga rahm qilgusidir”;
¯ “Men ulugʻ xulqlarni mukammal qilish uchun yuborilganman” (Imom Bazzor rivoyati);
¯ “Ota-onaga duo qilishni tark etish rizqni kesadi”;
¯ “Albatta, odamlarga goʻzal xulqdan afzalroq narsa berilmagan” (Imom Tabaroniy rivoyati);
¯ “Bir kishiga tabassum bilan yaxshi soʻz aytish – sadaqadir” (Imom Buxoriy rivoyati);
¯ “Qoʻshnilaringiz sizni “yaxshi odam” deyishayotgan boʻlsa, demak, siz – yaxshisiz. Agar ular sizni “yomon odam” deyishayotgan boʻlsa, demak, siz – yomon odamsiz”;
¯ “Sadaqaning afzali – kelisholmay qolganlarning oʻrtasini isloh qilishdir” (Imom Abu Dovud rivoyati);
¯ “Musulmon kishini soʻkish – fosiqlikdir. U bilan urushish – kofirlikdir” (Muttafaqun alayh);
¯ “Biror kishi bor aybingizni aytib, sizni haqoratlasa, siz uni unda bor aybi bilan ham haqoratlamang. Shunda buning savobi sizga, gunohi unga boʻlur”;
¯ “Kim Allohga va Oxirat kuniga imon keltirgan boʻlsa, yaxshi gap aytsin yoki jim tursin!” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati);
¯ “Kim musulmon birodarining aybini yashirsa, Alloh uning aybini Qiyomat kuni yashiradi. Kim musulmon birodarining aybini oshkor qilsa, Alloh uning aybini oshkor qiladi, hatto uni oʻz uyida ham sharmanda qiladi” (Imom Ibn Moja rivoyati);
¯ “Poklik – imondandir”;
¯ “Kim agar birovning aybini aytib, odamlarga oshkor qilsa, to oʻzi ham shu aybni qilmasdan dunyodan ketmaydi”;
¯ “Kimiki biror moʻmin kishining aybi yoki gunohini bilib turib, uni fosh etmay yashirsa, goʻyo tirigicha koʻmilgan goʻdakni tiriltirganchalik savobga ega boʻlur” (Imom Bayhaqiy rivoyati);
¯ “Odamlarga minnatdorchilik izhor etolmagan odam, Xudoga ham shukr qilolmaydi” (Imom Termiziy rivoyati);
¯ “Kimki bir musulmonning aybini yashirsa, Alloh dunyo-yu oxiratda uning aybini yashiradi”;
¯ “Har bir qilinadigan yaxshilikka sadaqa savobi berilur”;
¯ “Kichiklarimizga rahm qilmagan, kattalarimizni ulugʻlamagan – bizlardan emas” (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyati);
¯ “Qaysi kishi oʻzganing aybini koʻrib, uni yashirsa, xuddi tiriklay koʻmilgan qizni qabridan qutqargan kabi boʻladi” (Imom Abu Dovud rivoyati);
¯ «Kimki bir chumchuqni bekordan-bekor oʻldirsa, Qiyomat kunida u chumchuq Arsh oldiga kelib, baland ovoz bilan: “Parvardigorim, bu bandadan soʻragin, nima uchun meni behuda oʻldirdi ekan?” – deydi»;
¯ “Kim musulmonni qoʻrqitsa, Qiyomatda Alloh uni qoʻrqitadi”;
¯ “Zolim bilan birga yurgan odam jinoyat sodir qilibdi”;
¯ “Birodaringiz zolim boʻlsa ham, mazlum boʻlsa ham unga yordam bering!” (zulm ildiziga bolta urish – ham zolimga, ham mazlumga yordamdir);
¯ “Kimki biror gunoh ish qilishni niyat qilsa-yu, soʻngra niyatidan qaytsa, unga bir yaxshilik savobi yozilajak”;
¯ “Biror banda dunyoda bir bandaning aybini yashirsa, Alloh taolo Qiyomat kuni uning ayblarini yashiradi” (Imom Muslim rivoyati);
¯ “Sizlardan birortangiz oʻzi uchun yaxshi koʻrgan narsani birodari uchun ham ravo koʻrmaguncha, moʻmin boʻla olmaydi” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
¯ “Maslahatni aql egalaridan soʻranglar – toʻgʻri yoʻl topasizlar. Ularning aytganidan chiqmang – pushaymon boʻlasizlar”;
¯ “Kim bir musulmonning gunohini yashirsa, Alloh uning gunohini dunyoda ham, oxiratda ham yashiradi”;
¯ “Siz yaxshilikni unga munosib boʻlganga ham, boʻlmaganga ham qilavering. Agar siz ezgulikka loyiq odamni topsangiz, demak, u ezgulik ahlidir, agar unday odamni topmasangiz, demak, siz oʻzingiz ezgulik ahlidansiz”;
¯ “Butun umr ezgulikni tilanglar!”;
¯ “Kimki yaxshilik koʻchatini qadasa, orzu qilgan hosilini yigʻib oladi va kimki yomonlik urugʻini sepsa, afsus-nadomat mevasini terib oladi”;
¯ “Ummatimning rahmdillaridan va shafqatlilaridan fazilat istanglar! Chunki sizlar ularning qanotlari ostida yashaysizlar”;
¯ “Kim bir musulmonga bu dunyoda yordam bersa, Alloh Oxiratda unga yordam qiladi”;
¯ “Kimniki Alloh Taolo doʻst tutsa, unga odamlarning hojatlari tushadigan qilib qoʻyadi”;
¯ “Allohning neʼmatlari bilan yaxshi qoʻshnichilik qilinglar, zero u biror oiladan ketib qolsa, qaytib kelmasligi mumkin”;
¯ “Mazlumning duosidan saqlaninglar, garchi u kofir boʻlsa ham. Chunki uning duosi toʻsiqsizdir”;
¯ “Qachon birortangiz mol-dunyo va xilqatda oʻzidan afzalroq kishini koʻrsa, oʻzidan pastroqqa qarasin!..” (Imom Buxoriy rivoyati).
(1 – qism tugadi. Davomi bor…).
Ibrohimjon domla Inomov