653. Abu Molik Ashʼariydan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Poklik imonning yarmidir. Allohga hamd aytish tarozini toʻldiradi, “Laa ilaaha illallohu vallohu akbar”19 kalimasi yeru osmon orasini toʻldiradi. Namoz nur, zakot hujjat, tahorat ziyo20 va Qurʼon sening foydangga yoki zararingga hujjatdir. Har bir inson tong ottirgandan soʻng oʻz nafsi borasida savdolashuvchidir. Uni ozod qiluvchi yoki halok qiluvchidir”21, dedilar”.
19. Maʼnosi: “Allohdan boshqa iloh yoʻq va Alloh buyukdir”.
20. Qiyomatda tahorat qilgan kishining yuzi va qoʻllarida nur boʻladi.
21. Har bir tong ottirgan inson borki Alloh taoloning amrlarini bajarib, jonini doʻzax olovidan ozod qiladi yoki shaytonning amrlarini bajarib, jonini doʻzax azobiga mubtalo qiladi
Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.