TAOMLANISH SIRLARI (7 qismdan iborat)ni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
Qurʼoni karim oyati karimalari,
Janobi Paygʻambarimiz alayhissalomning muborak hadisi shariflari,
Dinimiz asoslari,
Shariatimiz hukmlari,
Sharqona odoblarimiz,
Mazhabimiz meʼyorlari,
Jamiyatshunoslik aloqalari,
Odamgarchilik munosabatlari,
Insoniy tuygʻular,
Ruhshunoslik sir-asrorlari,
Yurtimiz urf-odatlari,
Oʻzbekchilik qoidalari,
Madaniyatimiz axloqlari,
Insoniy aql va axloqiy normalar,
Dono maqollarimiz,
Milliy anʼanalarimiz,
Diniy qadriyatlarimiz,
Xalqimiz ong-tafakkuri,
Millatimiz mentaliteti,
Dono xalqimiz dunyoqarashi,
Musulmonchiligimiz koʻrsatmalari
Asos va negizlarida:
– Ulugʻ ajdodlarimizdan davom etib kelayotgan duru gavhar rivoyatlari va noyob hikmatlari,
– Buyuk ota-bobolarimizdan eshitib kelayotgan tillo bilan teng pand-nasihatlari va betakror hikoyalari,
– Mehribon ota-onalarimizdan oʻrganib kelayotgan gavhar oʻgitlari va mislsiz soʻzlari,
– Elimiz tanigan va xalqimiz tan olgan ustozlarimizdan taʼlim olib kelayotgan zar tushunchalari va bebaho ilmlari,
– Jannatmakon yurtimiz – muqaddas Vatanimiz taʼlim maskanlarida taralayotgan durdan aʼlo fanlar va beqiyos bilimlar,
– Zamonaviy olimlarning bilimlari, turli soha mutaxassislarining ajoyib kashfiyotlari,
– Bugungi kunda va doim kerak boʻladigan hayotiy masalalar, dolzarb mavzular, qiziqarli maʼlumotlar hamda xalqimiz orasida eʼtirof etilgan mezonlardan ulugʻ ustozlarimiz – tabarruk ulamolarimiz keng, chuqur va unumli isteʼfoda etib, batafsil taqdim etgan.
DASTURXON ATROFIDA OʻZINI TUTISH, TAOMLANISH, ICHIMLIK ICHISH HAMDA OVQATLANGANDAN KEYINGI TARTIB-QOIDALAR VA ODOBLARga doir nihoyatda foydali maslahat, kerakli tavsiya hamda eng muhim odoblaridan namunalar:
TAOMLANISHDAN OLDIN:
1) Ovqatlanishdan avval ikki qoʻlni boʻgʻimigacha uch marta yuviladi;
2) Taomdan avval ham, keyin ham qoʻlni yuvish kerak;
3) Taomdan avval tizzalab oʻtirilib, ikki bilakni tizzalar oʻrtasiga qoʻyib, ikki qoʻl bilakkacha yuviladi;
4) Yuvilgan qoʻl silkitilmaydi;
5) Yuvilgan qoʻl ishlatilgan kir narsaga emas, balki toza sochiqqa artiladi;
6) Mezbonlar taklif etmaguncha, dasturxon atrofiga oʻtirmaslik;
7) Taomga chaqirilganda unga javob berish yana bir odobdir;
8) Odobli inson ziyofatga ketayotib mezbonning iznisiz u yerga chaqirilmagan kishini olib bormaydi;
9) Chaqirilmagan joyga bormaslik;
10) Taklif etilgan joyga kechikmaslik;
11) Taom kamtarin holda oʻtirib yeyiladi;
12) Taomlanishdan oldin va keyin qoʻlni yuvish;
13) Taomni suprada, yaʼni dasturxonda yemoq;
14) Dasturxonga birinchi boʻlib non mahsulotlari keltiriladi;
15) Dasturxon atrofida oʻtirganlar ovqatga taklif etilib, soʻngra yeyiladi;
16) Agar imkoni boʻlsa, yolgʻiz ovqatlanilmaydi;
17) Taomlanayotganda oyoq kiyimni yechib oʻtirmoq;
18) Ovqat mahali boʻlgan vaqtlarda hech kimning uyiga uning chaqirigʻisiz bormaslik;
19) Ovqatlanayotgan odamlar bor joyga salom berib kirishlik;
20) Dasturxon solinib, taom hozir boʻlsa, namoz vaqti boʻlib qolsa, avval taomni yeb, soʻng namoz uchun turish lozim. Shu shart bilanki, namoz qazo boʻlmasin. Agar vaqt juda kam qolgan boʻlsa-yu, namoz qazo boʻlish xavfi bor boʻlsa, unda oldin namoz oʻqigan afzal;
21) Bir kishilik taomni ikki kishi yeydigan boʻlib qolsa, bunga mone boʻlmaslik.
(5 – qism tugadi. Davomi bor…)
Ibrohimjon domla Inomov
Manba: muslim.uz