Home / FOTO LAVHALAR / Nufuzli xalqaro anjuman

Nufuzli xalqaro anjuman

Turkiyaning Chankiri shahrida 27-may kuni Movarounnahr allomalari ilmiy merosini oʻrganishga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiya ish boshladi. Chankiri Karatekin universiteti va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida tashkil etilgan “Movarounnahrdan Onadoʻliga hadis anʼanasi va muhaddislar” mavzusidagi nufuzli anjumanda mamlakatimizning diniy sohada faoliyat yuritayotgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.

Oʻndan ortiq davlatdan mutaxassislar, islomshunos olimlar va diniy soha vakillari qatnashayotgan konferensiyaning birinchi ish kunida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev “Ilk uch hijriy asrda yetishib chiqqan samarqandlik muhaddislar va ularning mintaqa hadis ilmi rivojiga qoʻshgan hissasi” va Markaz ilmiy xodimi Mehrojiddin Omonov “Zarafshon vohasi tasavvuf tarixiga oid “Irshodnoma”lar tahlili” mavzusida onlayn maʼruza qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida

“Imom Buxoriy va musulmon olamidagi ilm-fan (2025)” xalqaro anjumani oʻz ishini ikkinchi kun ham qizgʻin …