Home / MAQOLALAR / KITOBGA BIR QARASHDA KITOBNI YODLASH MUMKINMI?

KITOBGA BIR QARASHDA KITOBNI YODLASH MUMKINMI?

Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: “Shoshda Abdulloh ibn Abu Aroba zamonlarida Abu Bakr Madiniyning: “Naysoburda Isʼhoq ibn Rohavayhning huzurlarida edik. Abu Abdulloh ham oʻsha majlisda bor edilar. Isʼhoq bir hadisni aytdilar. Unda sahobadan keyin Ato Kayxaroniy degan odam zikr qilindi. Isʼhoq: “Ey Abu Abdulloh, Kayxaron nima?”   deb soʻradilar. Imom Buxoriy: “Yamandagi bir qishloq. Abu Bakr ismli kishini Muʼoviya ibn Abu Sufyon Kayxaronga joʻnatganlar. U kishi oʻsha yerda qolib ketganlari uchun shunday nisbat berilgan. Abu Bakr Kayxaronda boʻlganlarida, Ato oʻsha kishidan ikkita hadis eshitganlar”,   deb javob berdilar. Isʼhoq u kishiga: “Ey Abu Abdulloh, goʻyo oʻsha yerda boʻlib turgandek gapirasiz-a”,    dedilar”, – deganlarini eshitdim”.

   Ibn Adiy aytganlar: “Menga Muhammad ibn Ahmad Qumiysiy aytib berdilar. U kishi Muhammad ibn Xamiravayhdan eshitganlar. U kishi Buxoriyning: “Yuz ming sahih, ikki yuz ming sahih boʻlmagan hadisni yoddan bilaman”, – deganlarini eshitganlar”.

   Abu Bakr Kalvazoniy aytganlar: “Men Muhammad ibn Ismoilga tenglashadigan olimni koʻrmaganman. Olimlardan kitob olardilar. Bir marta unga  qarab, hammasini yodlab olardilar”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI

Jahonda boʻlayotgan kashfiyotlarning barchasi inson omiliga xizmat qilib kelmoqda. Bu esa, insoniyatning turmush tarzini har …