“Xalqimizning ulugʻvor qudrati joʻsh urgan Hozirgi zamonda Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat boʻladi. Chunki bugungi Oʻzbekiston – kechagi Oʻzbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas.”
Sh.M. MIRZIYOYEV
Bugun shu aziz Vatanning har bir farzandining yuragi hapqirib turibdi. Negaki, biz eng ulugʻ, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayramini, Oʻzbekiston Respublikasi istiqlolini qoʻlga kiritganining 31 yillik shodiyonalarini katta tantana qilayapmiz.
Ana shu qutlugʻ ayyom arafasida dorilomon kunlarga yetkazgani uchun yana va yana shukr qilish maqsadida diniy-maʼrifiy sohadagi oldingi holat va bugungi oʻzgarishlarni taqqoslashga harakat qildik. Zero, haqiqat qiyosda bilinishi kundayin ravshan.
Bugungi kunga kelib bunday yaxshi ishlar, katta oʻzgarishlar, yangiliklar, xayrli tadbirlar, fazilatli amallar soni diniy sohaning oʻzida 31 mingdan oshiq. Lekin bu yil Mustaqilligimizni 31 yilligini nishonlayotganimiz uchun diniy sohadagi mazkur 31 mingdan ortiq ishlardan faqat 31 tasinigina zikr qilmoqchimiz.
Zero, Janob Paygʻambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Odamlardan boʻlgan yaxshilikka minnatdorchilik izhor qila olmagan odam, Xudoga ham shukr qilmaydi”, deb marhamat qilganlar.
2) Oldin: Muqaddas dinimizning asosiy kitobi boʻlmish Qurʼoni karim kitobi sanoqli oilalardagina boʻlgan.
2) Hozir: Xohlovchilar nafaqat Qurʼoni karim kitobini oʻzini, balki Qurʼoni karimning tafsirlari, tarjimalari, sharhlari, izohlari, maʼnolarini ham xohlagan tilida, xohlagan paytida, xohlagan miqdorida olishlari mumkin.
5) Oldin: Muqaddas Islom dinimizning eng katta ruknlaridan boʻlgan yilda ikki martagina oʻqiladigan Hayit namozlarini ham dalalarda, koʻzdan yiroq joylarda, yashirincha va sanoqli odamlargina oʻqigan.
5) Hozir: Jannatmakon yurtimizdagi har bir 2100 dan masjidlarida ham barcha kerakli shart-sharoitlar yaratilgan, eng zamonaviy texnika jihozlari bilan jihozlangan, ibodat uchun hamma kerakli narsalar bilan taʼminlangan koʻrkam, yorugʻ, muhtasham inshootlarda minglab-minglab musulmonlar ibodatlarini koʻnglilaridek, tinch-omon, hech qanday xavf-xatarsiz, bemalol, xush kayfiyatlar va xursandchiliklar ila ado etmoqdalar.
6) Hozir: Oʻzbekiston Respublikasi hududida chop etilayotgan kundagi davriy matbuot nashrlarida muqaddas Islom dinimizdagi deyarli barcha masalalarni toʻliq yoritishdan tashqari, birgina Oʻzbekiston musulmonlari idorasining “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyoti tomonidan diniy adabiyotlarning barcha turlari: Qurʼoni karimning tafsirlari, tarjimalari, sharhlari, hadis kitoblarining har xil shakllari, fiqh, aqoid masalalariga oid kitoblar, savol-javob kitoblari, ayollarga xos va farzandlar tarbiyasi masalalariga oid kitoblar, Qurʼoni karimni oʻqishni oʻrganish kitoblari, Islom tarixiga oid kitoblar, yurtimizdan chiqqan buyuk allomalarning kitoblari, diniy va dunyoviy ilmlari bilan dunyoga tanilgan va taralgan buyuk ajdodlarimizni kitoblari chop etilmoqda. Bundan tashqari, nashriyotda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining oylik diniy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy “Hidoyat” va “Moʻminalar” jurnallari, “Islom nuri” gazetasi ham omma eʼtiboriga havola etilmoqda. Imom Buxoriy xalqaro markazi tomonidan esa “Imom al-Buxoriy saboqlari” jurnali chop etilmoqda. Shu bilan birga barcha moʻmin-musulmonlar uchun zarur boʻlgan haftalik, oylik, chorak va yillik taqvimlar yuz minglab adadda nashr etilib, xalqimizga tarqatilmoqda.
7) Hozir: Jannatmakon yurtimizni, muqaddas Vatanimiz Konstitutsiyasining 2-boʻlim V bob 18-modda, 2-boʻlim VII bob 31-modda, 3- boʻlim XIII bob 57-modda, 3-boʻlim XIII bob 61-moddalari hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 4 mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2021 yil 26 iyunda maʼqullangan, 2021 yil 5 iyulda qabul qilingan yangi tahrirdagi OʻRQ-699-sonli Qonunlar bilan ham diniy eʼtiqod va vijdon erkinligi kafolatlangan.
8) Hozir: Muqaddas Qurʼoni karim oyatlarida talab etilganidek, muborak Hadisi shariflarda tavsiya etilganidek, muqaddas Islom dinimizda koʻrsatilganidek, ota-bobolarimiz, ona-momolarimiz qilganlaridek birinchi soniya, daqiqalaridanoq bu yorugʻ dunyoga kelgan yangi chaqaloqlarni onasini mehr-muhabbatiga toʻlgan bagʻriga berib, haqiqiy, mehrli ona sutidan toʻla-toʻkis bahramand boʻlishi uchun, bepoyon mehrli onasi nafasi bilan hamnafas boʻlib, mehribon zahmatkash otasi tarbiyasi bilan ulgʻayishi uchun Prezidentimizning alohida maxsus Farmonlari, Vazirlar Mahkamasini bir necha qarorlari chiqib, joylarda mazkur qonunlarni ijro etish uchun sidqidildan amalga oshirilmoqda.
9) Oldin: Nafaqat diniy, balki milliy qadriyatlarimiz ham toptalgan.
10) Oldin: Shahar, qishloqlarda koʻchalardagi hamda barcha davlat tashkilot, korxona va idoralardagi yoritilgan yozuvlarda xudosizlikka, dinsizlikka qaratilgan iboralar bitilgan.
10) Hozir: Respublikamizning hamma katta-kichik shaharlarida ham, cheka-cheka qishloqlaridagi koʻchalarida ham hamda barcha davlat tashkilot, korxona va idoralarida ham muqaddas Islom dinimizning hikmatli soʻzlari, Qurʼoni karim oyatlarining mazmunlari, Paygʻambarimiz alayhissalomning ibratli hadisi shariflari, buyuk allomalarimizning dono soʻzlari eng koʻrkam, eng hurmatli, eng obroʻli joylarda eng zamonaviy uslublar va moslamalar orqali xalqimizni milliy va diniy qadriyatlarga undamoqda.
11) Hozir: Davlatimiz rahbari – Prezidentimizning alohida maxsus qarorlarida taʼkidlangandek, muborak Ramazon oyining mohiyatida mujassam boʻlgan insoniylik, maʼnaviy poklik, shukronalik fazilatlarini eʼzozlash, mamlakatimizda muqaddas dinimizni tiklash, vijdon erkinligini taʼminlash, ushbu qutlugʻ oyda amalga oshirib kelinadigan xayriya tadbirlari, ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ziyoratgohlarni obodonlashtirish, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash boʻyicha olib boriladigan ishlarni yanada kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish uchun, hamda el-yurtimiz uchun asrlar davomida ezgulik, saxovat, mehr-shafqat, qanoat va shukronalik ramzi boʻlib kelayotgan muborak Ramazon oyining maʼnaviy-ruhiy hayotimizdagi alohida oʻrni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, oʻzaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga xos olijanob fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulugʻlash maqsadida yurtimiz boʻylab davlatimizni barcha tashkilot, korxona, idoralarida Ramazon oyi munosabati bilan Qurʼoni karim oyatlaridagi hukmlarni, Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarini va muqaddas Islom dinimizni talablarini amalga oshirib, behisob-behisob xayrli, savobli ishlar qilinmoqda. Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mazkur qarorda Ramazon oyini joylarda milliy anʼana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga uygʻun va hamohang tarzda oʻtkazish bilan bogʻlik chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish topshiriqlari berilmoqda.
12) Hozir: Respublikamizda 13 ta diniy taʼlim muassasalari faoliyat olib boradi. Shundan 3 tasi oliy taʼlim muassasasi boʻlib, ular Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi va Hadis ilmi maktabi, 10 ta oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi boʻlib, shu jumladan, 2 tasi ayol-qizlar uchun ixtisoslashgan. “Muhaddislar sultoni” boʻlgan, “Dunyo imomi” boʻlmish Imom Buxoriy hazratlari nomi bilan Toshkent islom instituti hamda Samarqand viloyatida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat yuritmoqda. Oliy diniy taʼlim muassasalarida 820 nafar talaba tahsil olib, ularga 110 nafar pedagog-oʻqituvchi dars berib kelmoqda, ular orasida fan doktorlari, fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD), magistr ilmiy darajasiga ega pedagoglar mavjud. Oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalarida esa jami 1511 talabaga 253 nafar pedagog-oʻqituvchilar taʼlim bermoqda. Ulardan 10 nafari fan nomzodi, 42 nafari magistrlik ilmiy darajasiga ega. Diniy taʼlim muassasalari va ilmiy maktablar qoshida jami 21 ta joyda fuqarolar uchun “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kurslari tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunga qadar 27 mingdan ziyod fuqarolar mazkur oʻquv kurslarida tahsil oldilar.
13) Hozir: Buyuk ajdodlarimiz oʻzining noyob asarlari bilan butun dunyoga Islom ziyosini sochgan, beqiyos ijodlari bilan insoniyatga mashʼal boʻlgan, bemisl ilmiy-maʼrifiy kashfiyotlari bilan jahon ahlini hayratga solgan, ilmiy-ijodiy xizmatlari bilan dunyoni lol qoldirgan, bebaho meroslari bilan bashariyat dunyoqarashi va maʼnaviyatiga beqiyos taʼsir koʻrsatgan, oʻz salohiyatlari bilan buyuk ilmiy maktablar yaratib, oʻz diyorlarini jahonga tarannum etgan, muqaddas va ilohiy kitob boʻlmish Qurʼoni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba, bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulugʻi hisoblanadigan kitob muallifi, aql-zakovati va matonati bilan islom olamida “Musulmonlarning eʼtiqodini tuzatuvchi” degan ulugʻ sharafga sazovor boʻlgan. Shu bilan birga eng nufuzli va mukammal huquqiy manba muallifi boʻlgan, oʻlmas meroslari bilan “Din va millatning hujjati” degan yuksak unvonga sazovor boʻlgan. Bular qatorida ular benazir ilm-maʼrifatlari bilan dunyo taraqqiyotini rivojlantirishga ulkan taʼsir koʻrsatgan, teran bilimlari va ilmiy salohiyatlari bilan Islom olami uchun “Maʼnaviy yetuklik timsoli” boʻlgan. Ayni vaqtda bashariyatning bugungi taraqqiyot sahifalarida ham oʻchmas iz qoldirgan ulugʻ allomalarimizni, buyuk mutafakkirlarimizni, mufassiru muhaddislarimizni, faqihu fuqaholarimizni, olimu ulamolarimizni, piru ustozlarimizni, azizu avliyolarimizni nafaqat nomlari tiklanib tanildi, nafaqat yotgan qabrlari obod boʻldi, balki yotgan joylari ulugʻ qadamjolarga aylanib, Oʻzbekiston diyorining moʻjizalari boʻlgan mazkur tabarruk joy va muqaddas ziyoratgohlarga Yer kurrasining har qanday joyidan kelgan har qanday oʻta yuqori martabali mehmonlardan tortib oddiy sayyohgacha boʻlgan har qanday inson lol boʻlib, tasannolar aytmoqda. Bunday tabarruk va ulugʻ zotlarning asarlaridan esa Oʻzbekistonda yashayotgan har bir fuqaro endi bemalol bahramand boʻlishi mumkin.
14) Oldin: Diniy xodimlar, xususan imom-xatiblar, domlalar, otinoyilar doim taʼqib ostida boʻlganlar.
14) Hozir: Oliy maʼlumotlarga, yuqori saviyaga, boy tajribaga, ham diniy, ham dunyoviy ilmlarga, zamonaviy puxta bilimlarga ega boʻlgan muhtaram va hurmatli dinimiz peshvolari, malakali imom-domlalarimiz va otinoyilarimiz Qurʼoni karim oyatlarida talab etilganidek, Hadisi shariflarda tavsiya etilganidek, muqaddas Islom dinimizni koʻrsatmalarini hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan taqdim etilayotgan fatvo, buyruq, topshiriq va koʻrsatmalarini bemalol, ochiq-oydin har juma barcha jome masjidlarda oʻtkaziladigan juma namozlaridan Oldingi maʼruzalarda batafsil va atroflicha izohlab, musulmonlarimizga keng tushunchalar bermoqda. Shuningdek, mahallalarda oʻtkaziladigan turli yigʻinlarda ham, xalqimizni hamma tadbirlarida ham, fuqarolarimizni barcha sharʼiy marosimlarida hamda barcha davlat tashkilot, korxona va idoralaridagi yigʻilish va majlislarida ham Qurʼoni karim oyatlarida talab etilganidek, Hadisi shariflarda tavsiya etilganidek, muqaddas Islom dinimizni koʻrsatmalarini butun ommaga yetkazib tushuntirib, milliy va diniy qadriyatlarimizni keng targʻib etmoqdalar.
15) Oldin: Uyda Qurʼon kitobi boʻlishini har bir qalbida musulmon inson orzu-havas qilgan.
15) Hozir: Qurʼoni karim kitobining oʻzini, Qurʼoni karimning tafsirlarini, Qurʼoni karimning tarjimalarini, Qurʼoni karimning sharhlarini, Qurʼoni karimning izohlarini, Qurʼoni karimning maʼnolarini xohlagan tilda, xohlagan paytda, xohlagan miqdorda olish mumkin. Bundan tashqari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Respublika Koʻrlar jamiyati bilan hamkorlikda chiqargan koʻzi ojizlar uchun maxsus tayyorlangan Brayl yozuvidagi Qurʼoni karim kitobi ham mavjud. Oʻzbekiston mazkur xayrli amaliyotni amalga oshirgan jahonning uchinchi mamlakati boʻldi.
16) Hozir: Xalqaro aloqalar kengayib, mamlakatimiz haqida yirik konferensiyalar tashkil etilmoqda. Jumladan, AQSHning poytaxti Vashingtonda AQSHning sobiq prezidenti Richard Nikson markazi tomonidan tashkil etilgan “Davlat va din, konfessiyalararo bagʻrikenglik: Oʻzbekiston misolida” mavzusida konferensiya;
Buyuk Britaniyaning poytaxti London shahrida “Uch din forumi” xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Konfessiyalararo totuvlikka erishishda Oʻzbekiston tajribasi” mavzuidagi seminar;
AQSHning poytaxti Vashingtonda AQSHning Oliy Islom Kengashi va Amerika-yahudiy komiteti tomonidan tashkil etilgan “Hozirgi Markaziy Osiyoda islom” mavzuidagi xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlari ishtirok etdilar;
AQSHning Oliy Islom Kengashi raisi Mirahmadiy boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy xazratlari bilan uchrashdi;
17) Oldin: Kundagi oddiy hayotda “Bismillohir rahmonir rahim”, “Xudoga shukur!”, “Alhamdulillo musulmonman!”, “Ilohim”, “Xudo xohlasa”, “Xudo nasib qilsa”, “Xudo rahmat qilsin!”, “Joylari jannatda boʻlsin!”, “Oxiratlari obod boʻlsin!” degan iboralarni soʻzlab qoʻysa, “dinga tashviqot qildi” deb, “qora roʻyxat”ga kiritilgan.
17) Hozir: Xalqimizni kundagi marosim-tadbirlaridagi qiziqarli maʼruzalari va chiroyli amru-maʼruflari bilan kifoyalanib, chegaralanib qolmasdan, davlatimiz tomonidan diniy idoramizning rahbarlariga, mashhur va taniqli ulamolarimizga, muhtaram va hurmatli dinimiz peshvolariga, joylardagi imom-xatiblarimizga ota-bobolari buyuk imomlar va allomayu zamonlar, tabarruk zotlar va ulugʻ insonlar boʻlgan, necha yillar davomida oʻz milliy va diniy qadriyatlaridan bebahra qolib ketgan chanqoq xalqimizga muqaddas Islom dinimizni toʻliq va batafsil yoritib berish uchun, dinu-diyonatimizni sof va mukammal bildirish uchun hamma davriy matbuot nashrlarida ham, barcha davlat telekanallarida ham, hamma radioeshittiruvlarda ham, viloyat, shahar, tumanlardagi mahalliy telekoʻrsatuvlarida ham juda katta ahamiyat berilib, chegarasiz vaqt ajratilib, alohida eʼtibor qaratilib, har kun, har hafta, har oy cheksiz-chegarasiz va ulkan imkoniyatlar berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab Qurʼoni karimni toʻliq yod qilganlar ichida erkaklar orasida alohida, xotin-kizlar orasida alohida qorilar musobaqalari oʻtkazilmoqda. Har yili Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab imom-xatiblar ichida tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlaridan iborat “Yil imomi” koʻrik tanlovlari qizgʻin oʻtkazilib, gʻoliblari munosib tarzda taqdirlanmoqdalar.
18) Hozir: Moʻmin-musulmonlarni xohish-istaklarini inobatga olib, musulmon dunyosining eng muqaddas yodgorliklaridan biri boʻlgan “Usmon Musʼhafi”ni Oʻzbekiston davlatimiz tomonidan jannatmakon yurtimizni har bir odami, muqaddas Vatanimizni har bir fuqarosi, dono xalqimizni har bir moʻmin-musulmon farzandi xohlagan paytida xohlaganicha koʻrib, bemalol isteʼfoda qilishi uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasining ixtiyoriga topshirildi. Nafaqat yurtimiz fuqarolari, balki Oʻzbekistonga tashrif buyurgan har inson ushbu buyuk va noyob tarixiy yodgorlikni bemalol koʻrishi mumkin.
19) Oldin: Hayit namozlariga borganlarni yashirincha rasmga olib, gazeta, jurnallar orqali va ishxonasidagi devoriy gazetalari orqali ularni haqorat qilib, sharmanda qilib, xorlab, insoniy obroʻlarini poymol qilishgan.
19) Hozir: Tarixdagi ajdodlarimiz doimo intilgan, oʻtmishdagi bobo-kalonlarimiz orzu-havas qilib kutgan, bunday kunlarni koʻra olmasdan yuraklaridagi armonlar bilan, dillaridagi gʻamlar bilan, xayollaridagi umidlar bilan, qalblaridagi oʻkinchlar bilan tun-saharlarda Xudodan soʻrab, kechalariyu-kunduzlari Parvardigorga iltijo etib, koʻzlarida yoshlar bilan Yaratganga duolar qilib, ojizona Alloh taologa munojotlar qilib oʻtib ketgan ota-onalarimiz intilib kutgan kunlar keldi – ikki hayit ayyomlari dam olish kunlariga aylandi. Bunday kunlarni koʻra olmasdan oʻtgan bobolarimizni-momolarimizni, otalarimizni-onalarimizni yaxshi niyatlarini amalga oshirish uchun, ushalmagan orzularini roʻyobga chiqarish uchun muhtaram Yurtboshimiz eng birinchilar qatorida chiqargan maxsus Farmonlari bilan qonuniylashtirib, Oʻzbekiston diyoridagi xalqimizga ikki hayitni dam olish kunlari qilib, har bir moʻmin-musulmonga ikki qanot qilib berdilar.
20) Oldin: Davlat ishchi va xizmatchilari nafaqat turli maʼraka-marosimlarga borishdan qoʻrqqan, balki oʻz ota-onasining janoza va taʼziya marosimlarida ham qatnasha olmagan. “Xudoga shukur!” yoki “Bismillohir rahmonir rahim” degan iboralarni aytishdan ham, hatto yuziga fotiha tortishdan ham qoʻrqqan. Jazosi – partiya safidan oʻchirilish yoki egallab turgan lavozimidan boʻshatilish boʻlgan. Oʻz farzandlariga sunnat toʻyi qilib, xatna qilishdan ham, kelin-kuyovlarga nikoh oʻqitishdan ham qoʻrqqan.
20) Hozir: Xalqimizni barcha tadbirlarida, turli sharʼiy maʼraka-marosimlarida davlatimizni barcha tashkilot, korxona va idoralaridagi rahbariyatidan tortib hamkasblari va mehnat jamoalari ham faol ishtirok etmoqdalar. Bevosita va bilvosita rahbarlarining ishtiroklarida davlatimizni barcha tashkilot, korxona va idoralari tomonlaridan xalqimizni toʻy-hasham kunlaridagi xursandchiliklariga ham xursand boʻlib, har xil issiq-sovuq kunlaridagi tashvishlarida ham sherik boʻlib, qiyin kunlaridagi dardlariga ham hamdard boʻlib, ogʻir paytlaridagi musibatlarini baham koʻrib, nochor holatlaridagi gʻamlarini birga yengib, kerakli darajada har xil maʼnaviy va behisob darajada turli xil moddiy yordamlar koʻrsatilmoqda. Mahallalar xonadonlaridagi va toʻyxonalardagi xalqimiz oʻtkazayotgan turli yigʻinlarida ham, har bir fuqarolarimizni barcha sharʼiy marosimlarida ham diniy ulamolarimiz, jome masjidlarimizning muhtaram va hurmatli imom-xatiblari oʻzlarining sermazmun maʼruzalarida eng zamonaviy axborot vositalari orqali muqaddas Islom dinimizni koʻrsatmalarini batafsil va atroflicha yoritib, Qurʼoni karim oyatlarini maʼnolarini sharhlab, Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarini mazmun-mohiyatlarini izohlab, shariatimizda talab etilganidek, musulmonlarimizga keng tushunchalar berib, milliy va diniy qadriyatlarimizni butun ommaga yetkazib tushuntirib, keng baralla targʻib etmoqda.
21) Hozir: Yurtimizdagi har bir masjidlardagi oʻtkaziladigan maʼruzalaridan tashqari, har bir fuqarolarimizni barcha sharʼiy marosimlaridagi amr-maʼruflaridan tashqari, davlatimizni barcha tashkilot, korxona va idoralaridagi yigʻilish va majlislarida ham eng yuqori, eng hurmatli va eng eʼtiborli joylarda oʻtirib, yuqori lavozimdagi masʼul shaxslar huzurlarida, eng katta minbarlardan turib, din peshvolarimiz, muhtaram va hurmatli imom-xatiblarimiz Qurʼoni karim oyatlarini hukm-ahkomlarini sharhlab, hadisi shariflarni mazmun-mohiyatlarini yoritib, muqaddas Islom dinimizni koʻrsatmalariga muvofiq batafsil va atroflicha izohlab, xalqimizga keng tushunchalar berib, butun ommaga yetkazib tushuntirib, milliy va diniy qadriyatlarimizni keng targʻib etmoqdalar.
22) Oldin: Ommaviy axborot vositalarida hatto Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari idorasi tasarrufida xizmat qilgan diniy xodimlarga hech qachon imkon berilmagan.
22) Hozir: Oʻzbekiston Respublikasi hududida chop etilayotgan kundagi hamma davriy matbuot nashrlarida ham, Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha telekanallari orqali ham, Oʻzbekiston Respublikasidagi hamma radioeshittiruvlari orqali ham, Oʻzbekiston Respublikasining viloyat, shahar, tumanlaridagi mahalliy telekoʻrsatuvlari orqali ham muhtaram va hurmatli imom-xatiblarimiz muqaddas Islom dinimizdagi barcha masalalarni toʻliq va batafsil hamda emin-erkin yoritishdan tashqari, Respublikamizdagi davlat nashriyotlaridan, tele va ovoz yozish studiyalaridan, internet tarmoqlaridan hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyotidan sermahsul foydalanib, oʻzlarining kitoblarini, risolalarini, video va ovoz yozilgan disklarini xalqimiz manfaati uchun tarqatmoqdalar.
23) Hozir: Oliy va oʻrta-maxsus diniy taʼlim muassasalari hamda ixtisoslashgan ilmiy maktablarda xalqimizga “Qurʼon va tajvid” kurslari faoliyat yuritmoqda.
24) Oldin: Islom dini manbalarini tadqiq etadigan hech qanday joy yoʻq edi.
24) Hozir: Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Surxondaryo viloyatida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, mamlakatimiz hududlarida ixtisoslashgan hadis ilmi, kalom ilmi, tasavvuf ilmi, aqoid ilmi va fiqh ilmi maktablari tashkil etildi.
25) Hozir: Buyuk mutafakkirlarimizning xoki poklari qoʻnim topgan joylar obod maskanlarga aylantirildi. Jumladan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Bahouddin Naqshband, Imom Moturidiy, Imom Burhoniddin Margʻiloniy, Yetti pir ziyoratgohlari goʻzal goʻshalarga aylantirildi.
26) Oldin: Ulugʻ allomalar, buyuk mutafakkirlar va benazir ulamolarning nodir asarlari oʻz ona tilimizga tarjima qilinmagan edi.
26) Hozir: Dunyo beshigini tebratgan ulugʻ allomalar, mislsiz buyuk mutafakkirlar hamda betakror va benazir ulamolarning koʻplab nodir asarlari oʻz ona tilimizga tarjima qilinib, xalqimizga tuhfa etilmoqda.
27) Oldin: Imom-xatiblar, ulamolar va diniy soha xodimlari xorijiy davlatlardagi nufuzli tadbirlarda ishtirok etmas edi.
27) Hozir: Muhtaram va hurmatli imom-xatiblarimiz, koʻplab ulamolarimiz va diniy soha xodimlari xorijiy davlatlardagi anjumanlar, seminarlar va yigʻinlarda muntazam va faol ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, xorijiy davlatlarning diniy idoralari bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.
28) Oldin: Diniy sohada xizmat qilayotgan xodimlar va diniy-maʼrifiy loyihalarni ijtimoiy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydigan muassasalar yoʻq edi.
28) Hozir: Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi davrida diniy sohada xizmat qilayotgan xodimlar va diniy-maʼrifiy loyihalarni ijtimoiy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
29) Oldin: Mamlakatimizning Islom dini madaniyatida tutgan oʻrnini keng koʻlamda namoyon etadigan majmua tashkil etish inson xayoliga ham kelmagan edi.
29) Hozir: Yurtimizning Islom dini madaniyatida tutgan oʻrnini va buyuk allomalarimizning jahon tamadduniga qoʻshgan hissasini butun dunyoga namoyon etish, diyorimizda muborak dinimizning haqiqiy maqomini targʻib qilish maqsadida, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi.
30) Oldin: Milliy va diniy qadriyatlarimizga “eskilik sarqitlari” deb qaralgan.
30) Hozir: Ommaviy axborot vositalarida ham, turli katta-kichik tashkilotlarda ham xalqimizning barcha milliy-diniy qadriyatlari eʼzozlanmoqda.
31) Oldin: Ommaviy axborot vositalarining birontasida ham bironta diniy narsa berilmagan.
31) Hozir: Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalarining barcha-barcha turlarida Qurʼoni karim oyatlarini hukm-ahkomlarini sharhlab, muborak hadisi shariflarni mazmun-mohiyatlarini yoritib, muqaddas Islom dinimizning koʻrsatmalariga muvofiq batafsil va atroflicha izohlab, xalqimizga keng tushunchalar berib, butun ommaga yetkazib tushuntirib, milliy va diniy qadriyatlarimiz keng targʻib etilmoqda.
Bunday misollarni yana koʻplab keltirish mumkin. Biroq fikrimizni muxtasar qilgan holda Allohdan bunday xayrli ishlar yanada koʻpayishini, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizga sihat-salomatlik, oilalarimizga baxt-saodat, toʻkin-sochin dasturxonlar nasib qilishini soʻrab qolamiz.