Home / 2024 / Dekabr (page 5)

Monthly Archives: Dekabr 2024

“HIZBUT TAHRIR” DAʼVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida)

Bugungi kunda oʻzlarini ahli sunna val jamoa tarkibida deb daʼvo qilib, islom davlatini barpo etishga va islom dini aqidasiga zid ishlarga daʼvat etayotgan “Hizbut tahrir” oqimi va uning domiga tushib qolganlarda atrofidagilarga nisbatan nafrat tuygʻusi shakllanib qolgan. Ular boshqalarni islomga, imon-eʼtiqodga chaqirishadi-yu, ammo qalblarida oʻzi vaʼz qilayotganlarga nisbatan nafratni saqlaydi. …

Batafsil

MEHR KOʻRSATGAN MEHR KOʻRADI

  Imom Buxoriyning ustozlaridan biri Imom Muhammad ibn Salom Baykandiydan quyidagi hadisi muborak rivoyat qilinadi: حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سَلامٍ، قَالَ‏:‏ أَخْبَرَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِسْحَاقَ، عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ قَالَ‏:‏ قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم‏:‏ لَيْسَ مِنَّا مَنْ …

Batafsil

Yurakni madh etgan sado!

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Markazda “Yurakni madh etgan sado!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 32 yil toʻlishi munosabati bilan shu mavzuda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov yigʻilganlarni ushbu sana bilan …

Batafsil

MARKAZIY OSIYODA NAQSHBANDIYA-MUJADDIDIYA TARIXINI OʻRGANISHDA “MAKTUBOT”NING AHAMIYATI 

Naqshbandiya tariqati namoyandalari va ularning turli kishilar bilan yozishmalari jamlangan “Maktub”lar tariqat tarixini oʻrganishda muhim oʻrin tutadi. Tarixda «Maktuboti Rumiy», «Maktuboti Xoja Boqibilloh», «Maktuboti Rabboniy», «Maktuboti Maʼsumiya», «Maktuboti Xoja Sayfiddin», «Maktuboti Mirzo Mazhar», «Makotibi sharifa», «Maktuboti Urgutiy»da murshidlarning maktubi kitob holatida jamlangan. Bu atrofdagi kishilar uchun dastur, yaʼni qoʻllanma boʻlib …

Batafsil

IMON VA ISLOM BITTADIR (“Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari asosida)

Imon va islom bittadir. Lekin zohiriylar bunga xilof qilgan. Ular Alloh taoloning  ﴿قَالَتِ الْأَعْرَابُ آَمَنَّا قُلْ لَمْ تُؤْمِنُوا وَلَكِنْ قُولُوا أَسْلَمْنَا وَلَمَّا يَدْخُلِ الْإِيمَانُ فِي قُلُوبِكُمْ﴾ “Aʼrobiylar: “Biz iymon keltirdik”, dedi. (Ey Muhammad!) Ayting: “Sizlar iymon keltirmadingiz. Lekin “islom keltirdik (boʻysundik)”, denglar. Iymon sizlarning qalbingizga kirmagan”[1], oyatini dalil qilib keltiradi. …

Batafsil

Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi – xalqimiz xohish-irodasi va ezgu niyatlari ifodasi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 32 yil toʻlishi munosabati bilan shu mavzuda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev yigʻilganlarni qutlugʻ sana bilan muborakbod etib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqilligimizning mustahkam huquqiy asosi, xalqimiz irodasi va huquqiy jamiyatimiz ravnaqi uchun xizmat qilayotgan muhim hujjat …

Batafsil

“Maʼrifat karvoni” — maʼnaviyatning nurli yoʻlida

“Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy va madaniy targʻibot loyihasi doirasida 5-dekabr kuni Qashqadaryo, Navoiy, Andijon va Toshkent viloyatlarida oʻtkazilgan tadbirlar ziyolilarda katta qiziqish uygʻotdi. Loyiha xalqni birdamlikka, maʼnaviy yangilanishga undab, ulkan maqsadlar sari yoʻnaltirishda muhim oʻrin tutmoqda. Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan uchrashuvlarda tarixiy merosga yangicha – hushyor va xolis nazar bilan qarash, …

Batafsil

OʻRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOGʻIDAN CHIQQAN ROVIYLAR

IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan yuksak darajada rivojlangani bois ilm-fan rivojining oltin davri deb eʼtirof etilgan. Aynan shu davrda Xorazm, Buxoro, Samarqand, Nasaf, Termiz, Shosh, Fargʻona va Margʻinon kabi uzoq tarixga ega koʻhna va navqiron shaharlar hamda ular atrofida joylashgan Dabusiya, Afshona, Zamaxshar, Kushoniya, Ishtixon, Sogʻarj, Xushufagʻon, Razmoz kabi shahar, …

Batafsil