Home / FOTO LAVHALAR (page 25)

FOTO LAVHALAR

Al-Azhar observatoriyasi va Xalqaro elektron fatvo markaziga tashrif

Misr safarida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi 2023 yil 14 mart kuni Ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha al-Azhar observatoriyasiga ham tashrif buyurdi. Observatoriya 2015 yilda tashkil qilingan boʻlib, hozirgi kunda Misrning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha asosiy muassasalaridan biri hisoblanadi. Markazda turli tillardagi veb-saytlar hamda ijtimoiy media vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar monitoring va tahlil qilinib, ularga 13 tilda tezkorlik …

Batafsil

Misr safari davom etmoqda…

Oʻzbekiston delegatsiyasi Misr safari doirasida 2023 yil 14 mart kuni Ekstremizmni oʻrganish Salam markaziga tashrif buyurdi. Ekstremizmni oʻrganish Salam markazi 2022 yilda Misr fatvo uyi huzurida tashkil qilingan boʻlib, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda hokimiyat organlariga koʻmaklashish, ekstremizm va radikalizm profilaktikasining ilmiy, madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik …

Batafsil

Al-Azhar kutubxonasiga adabiyotlar toʻplami taqdim etildi

Oʻzbekistonning Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat delegatsiya 13 mart kuni al-Azhar majmuasi kutubxonasida boʻldi. Musulmon olamida muhim ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan mazkur kutubxona bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida nashr qilingan barcha fan sohalariga oid nodir kitoblarni oʻzida jamlagan …

Batafsil

Ayolga ehtirom – kelajakka, hayotga ehtirom

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Milliy va diniy qadriyatlarda ayollarning ulugʻlanishi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda Markaz tomonidan chop etilgan Imom Buxoriy qalamiga mansub “Sahihi Buxoriy” asarining oʻzbek tilidagi sharhi kitobi va …

Batafsil

Misr safari: Arab qoʻlyozmalari institutiga tashrif

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat delegatsiya rasmiy tashrif bilan Misr Arab Respublikasida boʻlib turgani haqida xabar bergan edik. Delegatsiya joriy yilning 13 mart kuni Arab qoʻlyozmalari institutiga tashrif buyurdi. Mazkur qoʻlyozmalari instituti 1946 yilda tashkil qilingan boʻlib, …

Batafsil

Oʻzbekiston delegatsiyasining Misrga rasmiy tashrifi boshlandi

Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat delegatsiya rasmiy tashrif bilan Misr Arab Respublikasida boʻlib turibdi. Delegatsiya aʼzolari 12 mart kuni al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy merosi boʻyicha misrlik tadqiqotchilar oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Mazkur tanlov …

Batafsil

XALQARO ILMIY KONFЕRЕNSIYA: MUAMMO VA YECHIMLAR TAHLILI

Islom olami fanlar akademiyasining Karachi shahrida ish boshlagan XXIV Xalqaro ilmiy konferensiyasi ikkinchi ish kunida ishtirokchilar shoʻbalarga boʻlingan holda faoliyat olib bordi. Shoʻbalar ishida pokistonliklar bilan birga, Polsha, Malayziya, Germaniya, Avstraliya, AQSH, Kanada, Turkiya, Eron, Bangladesh, Marokash, Iordaniya va Falastindan tashrif buyurgan turli soha olimlari maʼruza qildi. Konferensiyada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish …

Batafsil

POKISTONDA YIRIK XALQARO ILMIY KONFЕRЕNSIYA BOSHLANDI

Bugun Pokistonning Karachi shahrida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning Ilmiy va texnologik hamkorlik boʻyicha doimiy qoʻmitasi (COMSTECH), Kimyo va biologiya fanlari xalqaro markazi (ICCBS) hamda Karachi universiteti hamkorligida “IHT mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yoʻlida fan va texnologiyalarni rivojlantirish muammolari” mavzusida Islom olami fanlar akademiyasining XXIV Xalqaro ilmiy konferensiyasi ish boshladi. Imom Buxoriy …

Batafsil

Ilm-fan taraqqiyoti yoʻlida maqsadlar mushtarak

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “XXI ASR: FALSAFA VA FIZIKANING KUTILAYOTGAN UYGʻONISHI (RЕNЕSSANSI)” mavzuidagi xalqaro ilmiy seminar oʻtkazildi. Onlayn va anʼanaviy tarzda tashkil etilgan seminarda Markaz ilmiy xodimlari, hamkor tashkilotlar, yurtimiz va xorijdagi ilmiy doiralar vakillari, tadqiqotchilar, jamoat va din arboblari ishtirok etdi. Seminarni Markaz direktori, tarix fanlari doktori, …

Batafsil

Hamkorlikka tamal toshi qoʻyildi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Eron Islom Respublikasidagi Al-Mustafo xalqaro universitetining tilshunoslik va islom taʼlimi boʻlimi mudiri Ali Purmand Muhsiniy rahbarligidagi delegatsiya keldi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarni qabul qilib, ilmiy faoliyat davomida erishilgan natijalar xususida maʼlumot berdi. Delegatsiya aʼzolari yaratilgan sharoitlar hamda mehnat samaralaridan mamnuniyat izhor etib, ilmiy jamoa …

Batafsil